Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining uchta tumanidagi onkologiya kasalliklari shifoxonasining bino va inshootlari kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi shu bo‘yicha munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlashgan kompleksi barpo etilmoqda. Shu sababli, Markaz hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi.

Ularning har biri alohida mulkiy majmua sifatida yangi kompleksni qurish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda baholangan boshlang‘ich bahoda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksionga qo‘yilgan.

Shuningdek, xabarlarda keltirilgan obyektlarning yer maydoni 3-4 ming dollarlik boshlang‘ich bahoda sotuvga qo‘yilgan, degan vajlar mutlaqo asossiz bo‘lib, ushbu mulkiy majmualar Qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan baholangan.

Ushbu baholash hisobotlari yuzasidan ekspert xulosalar olingan bo‘lib, obyektlarning tegishliligi bo‘yicha 1 sotix yer maydonining boshlang‘ich bahosi 300-345 mln so‘m (27-31 ming dollar)ga teng kelmoqda.

Shu o‘rinda, “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qo‘yilgan obyektlarning sotib olgan xaridorlariga Onkologiya markazining yangitdan barpo etilayotgan yagona unikal kompleksi qurilish ishlari yakunlanib, 2023-yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

Ular belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinganidan va shifoxonalar ushbu yangi kompleksga to‘liq ko‘chib o‘tganidan so‘ng, ikki oy muddatda bosqichma-bosqich bo‘shatib berilishi shartlari belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi