Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida fermer xo‘jaligi raisi o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yerni sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ma’lum qilinishicha, “Qoraxon Xalifa Denov” fermer xo‘jaligi raisi M.X. o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1 gektar yer maydonini fuqaro I.Q.ga 100 ming dollarga sotishga kelishgan.

23-noyabr kuni kelishilgan puldan 20 ming dollarni olayotgan vaqtda DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura departamenti Denov tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya va AQSH mashg‘ulotlariga javoban o‘t ochgan
Mahalliy
“Aeroflot” Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Sport
JCH—2022 da chorak finalning uchta juftligi ma’lum bo‘ldi