Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanada yaqin uch yil ichida 1,5 million muhojirni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BBC News xabar berdi

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Noyabr oyi boshida Kanada hukumati 2025-yilgacha har yili 500 mingga yaqin muhojirni jalb etish rejalarini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, tug‘ilishning pastligi va aholining qarishi Kanadani immigratsiyaga murojaat qilishga majbur qilmoqda. 

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Kanada ishchi kuchining o‘sishi allaqachon immigratsiya hisobiga deyarli 100 foizni tashkil qilmoqda. 

2032-yilga kelib, asosan, muhojirlar aholi o‘sishini ta’minlaydi, deydi rasmiylar. Kanada immigrantlarga yashash uchun ruxsat beradi, lekin fuqarolikni emas.

Kanadadagi muhojirlar allaqachon aholining deyarli 25 foizini tashkil qiladi. Bu boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ancha ko‘proq. Masalan AQSH va Buyuk Britaniyada mazkur ko‘rsatkich 14 foizni tashkil qiladi. 

Kanadani boshqa G‘arb davlatlaridan ajratib turadigan jihati shundaki, muhojirlarning yarmidan ko‘pi o‘z kasbiy mahorati tufayli ushbu davlatga kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?