Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiyadan neft yetkazib berish bo‘yicha narx chegarasini to‘liq joriy etishni kechiktirishni va uni yetkazib berish bo‘yicha asosiy qoidalarni yumshatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Agentlik Yevropa Ittifoqi rasmiylari cheklovlar nominal kiritilgandan so‘ng 45 kunlik “o‘tish davri”ni joriy etishni taklif qilayotgan hujjatni ko‘rib chiqqan.
Taklif etilgan imtiyozli davr 5-dekabrgacha — neft sanksiyalari kuchga kirishi kerak bo‘lgan sanaga qadar yuklangan va 19-yanvargacha tushirilgan neftga nisbatan qo‘llaniladi, — deyiladi Bloomberg hisobotida.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi elchilari cheklovni tasdiqlash uchun bugun, 23-noyabr kuni uchrashadi.
Yevropa Ittifoqida ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasi belgilangan limitdan ortiq sotib olingan Rossiya neftini tashuvchi kemalarga neftni tushirish bo‘yicha Yevropa xizmatlaridan foydalanishni taqiqlovchi qoidani yumshatadi.
Avvalroq WSJ manbalarga tayanib, Rossiya neftining narxi bir barrel uchun 60-70 dollar oralig‘ida belgilanishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Yevropa Ittifoqi cheklovchi tashabbusni sakkizinchi sanksiyalar paketi doirasida amalga oshirish niyatida.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, narx chegarasi bir barrel uchun muhokama qilingan 40-60 dollar oralig‘idan biroz yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)