AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Indoneziyadagi G20 sammiti doirasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashmaydi. AQSH departamentida bo‘lib o‘tgan brifingda bu bo‘yicha ma’lum berildi.
AQSH diplomatik vakili Ned Prays jurnalistlar bilan suhbatda bu borada hech qanday reja yo‘qligini ta’kidlagan. Oq uy Rossiya Federatsiyasi bilan odatdagidek munosabatda bo‘lish mumkin emasligini bildirgan.
“O‘ylaymanki, Balida iyulda bo‘lib o‘tgan G20 vazirlar yig‘ilishida Rossiya yakkalanib qolganini hammamiz ko‘rdik. Buni bir qator vazirlarning bayonotlaridan eshitdik. Shubhasiz, buni tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham eshitdi. U kunning ikkinchi yarmida bir qator hamkasblarining qoralaganidan xabardor bo‘lib, qaytib kelishga rozi bo‘lmagani, u nafratni sezganidan dalolat beradi”, — dedi Prays.
Uning ta’kidlashicha, Lavrov bu gal ham omma oldida shunga o‘xshash narsani eshitadi.
“Dunyo mamlakatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushini qoralashda davom etmoqda. Bu G7 mamlakatlari doirasidan kengroqni qamrab oladi. Biz dastlab bu ishga aralashmagan mintaqadagi bir qator davlatlarni so‘nggi paytlarda tajovuzni to‘xtatishga, hozir urush davri emasligi, chegaralarni o‘zgartirib, qayta belgilab bo‘lmasligini ta’kidlayotganini eshitmoqdamiz”, — deydi AQSH diplomatik vakili.
Ma’lumot o‘rnida, 15-16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiya rahbari o‘rniga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vakillik qiladi.
G20 sammiti (eng rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega mamlakatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Braziliya, Saudiya Arabistoni va boshqalarni birlashtiradi) 15—16-noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadi. Indoneziya aprel oyida G20 yetakchilariga taklif yuborgan. Ukraina assotsiatsiyaga a’zo bo‘lmasa-da, tadbirga prezident Vladimir Zelenskiy ham taklif etilgan.