Bugun, 11-noyabr kuni Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshlanishidan avval O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarni birin-ketin kutib oldi.
Yig‘ilishdan avval ishtirokchilar birgalikda suratga tushdi.
Shavkat Mirziyoyev raislik qilgan yig‘ilishda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdo‘g‘an, kuzatuvchi mamlakat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sammitning faxriy mehmoni — Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Bag‘dod Amreyev ishtirok etdi.
“Daryo” muxbiri sammit ishtirokchilarini kutib olish marosimidan fotoreportaj tayyorladi.