Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,04 so‘mga ko‘tarilib, 11 209,90 so‘mni tashkil qildi. Yevro 358,29 so‘mga oshib, 11 509,49 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,93 so‘mga yuqorilab, 186,08 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 11 194,86 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro tushib, rubl oshgandi.