“Barselona”ning sobiq himoyachisi Xerard Pike futbol qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish vaqti kelganini aytdi.
Yillar davomida o‘rnatilgan qoidalarni takomillashtirish va o‘zgartirish kerak. Tushunaman, bu juda qiyin. Bu barcha sport turlarida kuzatilmoqda. E’tibor tortish yo‘llarini qidirish kerak. Faqat sport emas, kontent taklif qilish darkor.Pike dekabr oyi boshida futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.Sizda bir necha bo‘sh soat bor va uni iloji boricha ko‘proq axborot olishga sarflaysiz. Siz qisqa va qiziqarli mahsulot yaratishingiz kerak. Menimcha, 90 daqiqa — juda ko‘p. Keling, qoidalarni maroqliroq qilaylik. Futbol mahsulot sifatida eskirdi deb o‘ylayman.
Xerard Pike, “Barselona” futbolchisi
Izoh (0)