Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda katta hajmda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish nazarda tutilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, chet davlati fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 million dollar sarmoya kiritgan jismoniy shaxsga yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va san’at arbobiga O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish taklif etilmoqda.

Amaldagi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • O‘zbekistonda yashaydigan va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega bo‘lsa;
  • tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
  • O‘zbekiston Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
  • davlat tilini qonunchilikda belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
Qayd etilishicha, qonunda taklif etilayotgan yangi norma davlatning investitsiyaviy jozibadorligi oshirishga, respublika investitsiya muhitida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarga xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatining e’tiborini jalb qilishga va xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston fuqaroligini olgan rossiyaliklar soni ma’lum qilindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi