Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

DXX Jizzax viloyati boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sharof Rashidov tumanida hokim yordamchisi 2000 dollar pora olayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Sharof Rashidov tumani, “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelgan A.M. o‘zining xizmat mavqeyidan foydalanib, hududdagi tadbirkorlardan birining ishonchiga kirib, fuqarolarga qurilayotgan 10 ta issiqxonaning qurilishi bitkazilmaganini bila turib, mazkur issiqxonalar uchun jami 330 million so‘m miqdordagi pullarni tadbirkor boshqaruvidagi MCHJ hisob raqamiga o‘tkazilishi uchun yordam berishini aytgan.

Buning uchun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari roziligi kerakligini bildirib, unga 1000 dollar, o‘ziga yana 1000 dollar miqdorida pullarni bergan taqdirda masalani hal qilib berishini va’da qilgan.

Hokim yordamchisi Sharof Rashidov tumani, “Yuksalish” mahallasi hududidagi avtomobillarga gaz quyish shahobchasi oldida talab qilingan 2000 dollarni o‘ziga tegishli Nexia rusumli avtomashina salonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda bog‘cha rahbari 300 dollar pora bilan ushlandi

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Sherzod Xo‘jaev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi