Samarqandda 10—11-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi. Tashkilotning Xitoydagi uyg‘urlar bo‘yicha pozitsiyasi qanday? Ushbu savolga Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bog‘dod Amreyev izoh berdi.
“Turkiy davlatlar tashkilotining pozitsiyasi — unga a’zo mamlakatlarning pozitsiyasi. Biz boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaymiz.
Bu pozitsiya tashkilotlarga a’zo mamlakatlarning tashqi siyosat pozitsiyasidan kelib chiqqan. Ya’ni, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya yoki Ozarbayjon siyosati aynan shunday — boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik. Tashkilot va unga a’zo mamlakatlarning pozitsiyalari boshqa-boshqa bo‘lishi mumkin emas”, — degan tashkilot bosh kotibi.
Izoh (0)