Daryo

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Bokuda “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘ydi

Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va anʼanalarini namoyish etadigan majmua barpo etiladi

1 daqiqa o‘qish4 356 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Boku shahrida “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi bog‘ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan "Oq shahar" mavzesidan o‘rin oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va anʼanalarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bog‘ hududida yurtimiz meʼmoriy obidalari nusxalari, sayilgohlar, yashil hududlar, mehmonxona, turli xil savdo va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etiladi. Binolar qurilishi va bezagida o‘zbek milliy meʼmorchiligi anʼanalari hamda naqshlaridan foydalaniladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Marosimda ikki davlat rahbarlari birgalikda bog‘ poydevoriga ramziy kapsula qo‘yib, ushbu muhim loyiha qurilishini boshlab berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar