Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘onada aliment to‘lovidan qarzdorligi bo‘lgan 17 ming 273 nafar otaning respublika hududidan chetga chiqishi vaqtincha cheklangan. Bu haqda Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, 2022-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida aliment undirish bilan bog‘liq 33 ming 122 ta ijro hujjati bo‘yicha 93 milliard 36 million so‘m undirilib, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minoti uchun o‘tkazib berilgan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlar va undiruvchilar bilan olib borilgan suhbatlar hamda oilalarni yarashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida 1 ming 197 ta oila qayta tiklangan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

To‘qqiz oy davomida 1081 nafar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxsga nisbatan sud qarorlari bilan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan. Bu choradan keyin ham aliment to‘lamagani uchun 78 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochilari tomonidan aliment to‘lovlarini undirish bo‘yicha ko‘yilgan choralar natijasida qariyb 2 milliard 62 million so‘m aliment pullari oldindan undirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg