O‘zbekistonda mutasaddilarga Yevropaga 2023-yilda sanoat eksportini 600 ta mahsulotga, eksport hajmini 700 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, “GSP+” tizimiga qo‘shilganiga bir yildan oshdi. Yevropa bozorida sotiladigan tayyor mahsulotlar uchun transport xarajatlariga 70 foizgacha subsidiya berilmoqda. Lekin “GSP+”ga kiradigan 6 ming 200 ta bojsiz mahsulotning bor-yo‘g‘i 325 turi eksport qilinayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Sababi korxonalar yirik yetkazib berish zanjirlariga qo‘shila olmayapti, xalqaro sertifikati yo‘q. Sifati yaxshi bo‘lsa ham, mahsulotini sota olmayapti. Shu munosabat bilan mutasaddilarga Yevropaga kelgusi yilda sanoat eksportini 600 ta mahsulotga, eksport hajmini 700 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonning 3 ta viloyatida sanoatga ajratilgan pullarning 40 foizi ham o‘zlashtirilmagani tanqid qilindi
Izoh (0)