Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xonanda G‘ayrat Usmonov “Omon-Omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida Surxandaryodagi to‘rtta stadionda konsert berib pulini ololmagani, ijodini to‘xatishiga nima sabab bo‘lgani, kliplari televideniyega qabul qilinmagani, shundan keyin AQSH yoki Turkiyaga ketmoqchi bo‘lgani haqida gapirib berdi.

“Bu holat har bir san’atkorning g‘ururiga tegadi”

“Ijodimda biroz to‘xtalishlar bo‘lganining sababi yangi kliplarimni, qo‘shiqlarimni televideniyega olib boraman, qo‘yilmaydi. Bunga nima sabab bo‘lganini bilmayman. Bu har bir san’atkorning g‘ururiga tegadigan holat, chunki millionlab muxlislar sizni so‘rasa, tinglasa, qayergadir, zalga, stadionga borsangiz, anshlak bo‘lsa-yu, biroq ijodingiz televideniyega o‘tmasa, bu san’atkor uchun juda ham og‘ir narsa. Shunaqa kunlar bo‘ldi.

Foto: Instagram /@gayratusmonov

Foto: Instagram /@gayratusmonov

Hozirgi kunda bunday emas. Biroq erkinlik berilgani sabab saviya pasayib ketdi, san’at yo‘qolib qoldi. Erkinlik yaxshi. Gapning ochig‘i, hozir biz biroz pastga ham tushdik. Masalan, gitara chalib ashula aytishyapti, musiqasi bir xil, so‘zi boshqacha. Bu san’at bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi”, — deydi xonanda.

“Bu narsani o‘sha mahallarda o‘ylaganman. AQSHga yoki Turkiyaga ketib ijod qilmoqchi bo‘lganman, bu yerda yo‘l bermayapti deb o‘ylaganman. Turklarni yaxshi ko‘raman. Hozir ijod qilsa bo‘ladi”, — deydi G‘ayrat Usmonov.

Foto: Instagram /@gayratusmonov

Foto: Instagram /@gayratusmonov

“Iymonli inson hech qachon ‘kiydirmaydi’ ”

“Iymonli inson hech qachon “kiydirmaydi” ishonuvchan bo‘ladi. Otam yoshligimda vafot etgan, bizni onam tarbiyalagan. Onam ‘Birovning haqqini yema, xiyonat qilma, peshona tering bilan top’, — deb ko‘p aytgan. Yetti emas, yetti yuz ming o‘lchasangiz ham aldaydiganlar bor. Surxandaryoga konsertga chaqirishgan, to‘rtta yoki beshta stadionga konsert berganman. Keyin esa konsert berganimning haqqini olib kelishi kerak edi, aldab ketdi, haqqimni bermadi. Hattoki yo‘l haqini ham bermagan”, — deydi xonanda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar