Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, hozirgi kunda yurtimizda 3 mingdan ortiq issiqxona bor. Ularning jami maydoni 6 ming 300 gektardan ziyod bo‘lib, shundan 4 ming 300 gektari so‘nggi besh yilda tashkil etilgan. Oziq-ovqatlarning uzluksizligini va eksportini ta’minlayotgan ko‘p mahsulotlar shu majmualarda yetishtirilmoqda.

Lekin so‘nggi paytlarda tashqi bozorlardagi cheklovlar va transport logistikasidagi uzilishlar bu tarmoqqa ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, aksariyat issiqxonalar biznes-rejasida 1 tonna mahsulot tannarxi o‘rtacha 600 dollar deb hisob-kitob qilingan bo‘lsa, 2020-yilda tannarx 900 dollarni va 2021-yilda 1 ming 200 dollarni tashkil etgan. Ayrim issiqxona xo‘jaliklarida kredit, soliq, tabiiy gaz va elektr energiyasi to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelgan.

Shu bois prezident topshirig‘iga ko‘ra, sohadagi muammolar o‘rganilgan va tadbirkorlarning takliflari eshitilgan. Ular asosida issiqxonada mahsulot yetishtirish va uni sotishning yangi mexanizmi ishlab chiqilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Unga ko‘ra, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi issiqxonalarga urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it va boshqa moddiy resurslarni yetkazib beradi, mahsulotni sotib olib, eksport qiladi. Karantin va o‘simliklar himoyasi agentligi ko‘chatlarni parvarishlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Shuningdek, moliyaviy yengilliklar ham belgilanmoqda. Jumladan, issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun xalqaro moliya institutlari va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati 7 yildan 14 yilga hamda imtiyozli davri 3 yildan 5 yilga uzaytirilishi nazarda tutilmoqda. Kreditlarni qaytarish muddatlari hosilni yig‘ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.

Eksportbop mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish maqsadida xorijiy valyutadagi bank kreditlarini yillik 4 foiz stavkada ajratish mo‘ljallanmoqda. Sanoat tipidagi zamonaviy issiqxona va logistika markazlarini tashkil etish uchun yaxlit maydonlar ochiq auksion savdolariga chiqarilishi belgilanmoqda.

Davlat rahbari bu chora-tadbirlarni ma’qullagan. Meva-sabzavotlarni saqlash, saralash va qadoqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan savdo majmualari tashkil etish, yangi issiqxonalar uchun suv va elektr tarmoqlarini tortish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Iqtisodiyot
Banklar, IT va sanoat: O‘zbekistonning eng yuqori oylik to‘langan sohalari e’lon qilindi
Mahalliy
Bo‘stonliqdagi xonadonlarning birida gaz chaqnadi