• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Darsliklarni yaratish bo‘yicha Finlyandiya tajribasi, ularning tajriba-sinov jarayonlari, xorijiy til egalarini ta’lim jarayoniga jalb qilish. Maktab o‘quvchilari uchun o‘quv dasturlariga mos darsliklarni yaratish jarayonlari qanday ketmoqda?

    Bugungi maktab bitiruvchisi cheklangan bilim va ko‘nikmalarga ega, fikrlash salohiyati yetarli darajada emasligi hech kimga sir emas. Dunyoda innovatsiya va texnologiyalar rivojlanayotgan sharoitda bu holat davlat va jamiyat rivojlanishi talablariga javob bera olmaydi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 31-avgust kuni erishish shart bo‘lgan “Maktab bitiruvchisi portreti” belgilab berildi. Ta’lim sohasida o‘quvchilarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqilishi aytilgandi. Yangi O‘zbekiston maktab bitiruvchisi — zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib yetishishi zarurligi davlat rahbarining ma’ruzasidan alohida joy olgan edi.

    Buning uchun barcha hududlarda, ayniqsa qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor berilishi ta’kidlangan.

    Kecha, 1-noyabr kuni Prezident Adminstratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov raisligida xalq ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yig‘ilishda ta’kidlangan eng asosiy masalalardan biri — maktab ta’lim dasturi va o‘quv-rejalarini takomillashtirish, o‘quv dasturlariga mos darsliklarni yaratishdir. Ushbu ishlar jarayonlari qanday kechayotgani xususida Prezident Adminstratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov ma’lumot berdi.

    Hammasi qanday boshlangan edi?

    Ma’lumki, sentabr oyi avvalida maktab o‘quvchilari uchun darsliklar ijarasi miqdori keskin oshirilgach aholi tomonidan bu holatga noroziliklar bildirilgan edi. Keyinroq Prezident tomonidan darsliklar ijarasi joriy o‘quv yili uchun bepul qilib belgilangandi.

    Shuningdek, darsliklarning sifati bo‘yicha tarmoqlarda qator fikrlar yangragandi. Davlat rahbari topshirig‘i bilan darsliklar sifatini oshirish bo‘yicha ishlar boshlangandi.

    Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida jurnalistlar bilan muloqotda darsliklarni Finlyandiya tajribasi asosida tayyorlash bo‘yicha gapirgandi.

    Finlyandiya tajribasi asosida yaratilayotgan 1-4-sinf darsliklar majmualari

    Kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Finlyandiya tajribasi asosida yaratilgan 1-4-sinf darsliklar majmualarini o‘quv dasturlarga moslilik darajasini o‘rganish ishlari olib borilayotganligi aytildi. 134-maktab misolida tajriba-sinov sinflari uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar ro‘yxati va talablar shakllantirilgan. O‘quv-metodik bosma mahsulotlar uchun zamonaviy talablari AOKA, Uzstandart, SES, XTV bilan ishlab chiqilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yig‘ilishda ta’kidlangan e’tiborga molik masalalardan yana bir, jumladan, shunday:

    • Aniq va tabiiy fanlar - Finlyandiya nashriyotlari bilan aniq va tabiiy fanlarni xarid qilib, mahalliylashtirish muzokaralari olib borish bo‘yicha topshiriq berilgan va hozirda bu amalga oshirilmoqda;
    • Milliy komponent fanlari - ona tili va adabiyot, tarix, huquq, tarbiya, tasviriy san’at, musiqa fanlarining darsliklari mahalliy mualliflar ishtirokida yaratiladi;
    • Filologik fanlar – ingliz, rus, nemis tillari xalqaro tan olingan darsliklar joriy qilingan.
    Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, darsliklarni yaratish, ekspertiza va tajriba-sinovdan o‘tkazish tarmoq jadvali ishlab chiqilmoqda.

    Shuningdek, Finlyandiyaning Otava va Sanora nashriyotlari bilan onlayn muhokamalar tashkil etilgani aytildi.

    Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

    6-oktabr kuni ishchi guruh respublikaning barcha o‘qituvchilariga yangi 1-4-sinf darsliklar majmuasini o‘z maktablarida tajriba-sinovdan o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. 6-9-oktabr kunlari davomida Ishchi guruhning maxsus “Talim2023.uz” veb-resursiga o‘z sinfida tajriba-sinovni o‘tkazishga istak bildirgan o‘qituvchilardan respublika hududlari bo‘ylab jami 6432 ta murojaat kelib tushgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu murojaatlardan kelib chiqib, Ishchi guruh va XTV tomonidan:

    • 1-4 sinflar uchun darsliklar tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan tayanch maktablar va sinflar belgilandi;
    • tajriba-sinov jarayonlari barcha hududlardan 14 ta maktab tanlab olinib, 139 ta sinfda amalga oshirilishi belgilangan. Jarayonda 4146 nafar o‘quvchi ishtirok etadi;
    • belgilangan 14 ta maktabni yetarli miqdordagi yangi darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda;
    • 15-tajriba sinov maktabi sifatida Toshkent shahridagi 134-maktabdagi tajriba-sinov jarayonlari davom ettiriladi.
    1-4 sinflar darsliklari bo‘yicha malaka oshirish kurslari uchun trenerlar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek malaka oshiradigan 139 nafar tajriba sinov sinflarining o‘qituvchilari va 28 nafar Pedagogika markazlari professor-o‘qituvchilari, jami 167 nafar ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirildi.

    Mazkur o‘qituvchilar uchun 4-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida maxsus o‘quv trening kurslari tashkil etiladi. Maxsus o‘quv trening kurslari uchun dastur ishlab chiqildi. “Talim2023.uz” veb-resursiga murojaat qilgan 6432 ta o‘qituvchilarni ta’lim berishning yangi metodikalari asosida qayta tayyorlash rejalashtirilgan. Ilg‘or ta’lim jarayoniga ega bo‘lgan va zarur moddiy-texnik vositalar nuqtai nazaridan yaxshi ta’minlangan zamonaviy maktab modeli namuna sifatida ishlab chiqiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xorijiy tillarni o‘qitish masalasi

    Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Ingliz tili fani o‘qituvchisi uchun talablar” ishlab chiqilmoqda”. Mazkur “Ingliz tili fani o‘qituvchisi uchun talablar” asosida xalqaro tashkilotlarga buyurtmalar beriladi.

    2023-yilda 1000 nafargacha ingliz tili o‘qituvchilarini jalb qilish reja qilinmoqda.

    02.11.2022, 14:38   Izoh (0)   4862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘limidan 10 daqiqa o‘tib, qayta tirilgan erkak taassurotlari bilan bo‘lishdi

    Dunyo | 13 avgust, 18:30

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi “Tul” nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 18:20

    Alina Kabayeva yashaydigan Putin qarorgohida havo mudofaasi kuchaytirildi — OAV

    Dunyo | 13 avgust, 18:10

    Tez ayniydi: muzlatkich eshigida saqlash mumkin bo‘lmagan 7 ta mahsulot

    Layfstayl | 13 avgust, 18:00

    Joriy yilda 5,2 mln fuqaroni ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan — Obid Hakimov

    O‘zbekiston | 13 avgust, 17:54

    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

    Reklama | 13 avgust, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.