Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Global raqamli operator Veon o‘zining Rossiyadagi biznesi — Beeline brendi ostida xizmatlar ko‘rsatuvchi VimpelCom aloqa operatorini sotishga qaror qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda

Foto: Mobile World

Foto: Mobile World

Kompaniyaning Rossiyadagi biznesi birinchi chorakda deyarli 450 million dollarga qadrsizlangan.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, VimpelCom’ning yangi egalari uning top-menejerlari bo‘lishi mumkin, kompaniyaning o‘zi esa qayta qurishni kutmoqda.

Ta’kidlanishicha, Veon rahbariyati hozirda barcha manfaatdor tomonlar va uning Rossiyadagi operatsiyalari, aksiyadorlari, kreditorlari, mijozlari, Rossiya hududidagi hamda undan tashqaridagi xodimlari uchun mumkin bo‘lgan eng yaxshi natijani ta’minlash imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Bosh qarorgohi Amsterdamda joylashgan Veon global raqamli operatori yetti bozorda 200 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. 

Veon Nasdaq va Euronext ro‘yxatiga kiritilgan. Xoldingning eng yirik aksiyadori Rossiyalik milliarderlar Mixail Fridman va Petr Avenning Alfa guruhi tarkibiga kiruvchi LetterOne hisoblanadi.

Kompaniya 10 ta davlatda (O‘zbekiston, Rossiya, Pokiston, Jazoir, Ukraina, Bangladesh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va Gruziya) telekommunikatsiya aktivlarini nazorat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi