Buyuk Britaniyaning Collins lug‘ati “permacrisis”ni yil so‘zi deb topdi
Britaniyaning Collins English Dictionary izohli lug‘ati tuzuvchilari “permacrisis”ni 2022-yil so‘zi deb atadi, atama permanent (doimiy) va crisis (inqiroz) so‘zlaridan tuzilgan. Bu haqda lug‘at saytida e’lon qilindi.
“Uzoq vaqt davom etadigan beqarorlik va ishonchsizlik davri” degan ma’noni anglatuvchi permacrisis atamasi 2022-yil so‘zi deb topildi, — deyiladi xabarda.
Tahririyatning tushuntirishicha, bu so‘z boshqa bir qancha atamalar singari siyosiy beqarorlik, Ukrainadagi mojaro, iqlim o‘zgarishi va narxlar oshishini birlashtirgan inqirozga ishora qiladi va butun dunyoda bu jarayon davom etmoqda.
Mavzuga doir:
- Oksford lug‘ati “vax” so‘zini 2021-yil so‘zi deb topdi
- Amerikaning Merriam-Webster lug‘ati “pandemiya”ni 2020-yil so‘zi deb topdi
- Oksford lug‘ati 2020-yilning yagona so‘zini tanlay olmadi, uning o‘rniga 16 ta so‘z tanlandi
- Buyuk Britaniyaning Collins lug‘ati “lokdaun”ni yil so‘zi deb topdi