O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 1-noyabr kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashuv vaqtida Afg‘oniston haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Vladimir Norovga Afg‘onistonni mavjud muammolar bilan tashlab qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Bunday vaziyat, shubhasiz, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston doimo Afg‘onistonning barcha ichki siyosiy kuchlari, jumladan, “Tolibon” harakati bilan teng muloqot olib borgan. Hozirgi kunda mamlakatda og‘ir gumanitar vaziyat yuzaga kelgan bo‘lib, bu holat qish mavsumida yanada keskin tus olishi bizni jiddiy tashvishga solmoqda. Ijtimoiy yordamdan mahrum bo‘lgan millionlab insonlar og‘ir vaziyatda qolgan.Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni 43 nafar afg‘onistonlik mutaxassis uchun aeronavigatsiya, radar nazorati va boshqa yo‘nalishlarda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etdi.Tan olish kerak, “Tolibon” hukumati va qo‘shni davlatlar bu muammoni mustaqil ravishda hal etishga qodir emas. Xalqaro hamjamiyat birgalikda harakat qilib, afg‘on xalqiga amaliy yordam ko‘rsatishi lozim deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston afg‘on xalqiga bir necha bor oziq-ovqat, birlamchi zaruriy mahsulotlar, dori-darmon va kiyim-kechaklardan iborat bo‘lgan insonparvarlik yordamini yuborgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidenti Termizda Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha maxsus jamg‘arma ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston hukumati bilan majburiyatlarni bosqichma-bosqich bajarilishi masalasini muvofiqlashtirish bo‘yicha yuqori darajadagi Xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi.
Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘lini qurish kabi yirik infratuzilma loyihalari orqali Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini bog‘lovchi transport yo‘lagiga aylanishi mumkin.
Shu bois biz Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy resurslariga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash hamda xalqaro institutlar tomonidan ushbu mamlakatdagi turli infrastruktura loyihalarini yanada faolroq moliyalashtirilishini muhim deb hisoblaymiz, — deydi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida e’tirof etib, doimo ushbu mamlakatni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga faol jalb qilish tarafdori ekani ta’kidlandi.
Izoh (0)