Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iyun oyidagi telefon suhbatlaridan birida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHdan Kiyevga ko‘proq qurol yetkazib berishni so‘raganida prezident Jo Bayden o‘zini tuta olmay, unga o‘shqirib bergan. Bu haqda NBC News o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ыuhbat boshida Bayden Zelenskiyga Ukrainaga bir milliard dollar miqdorida navbatdagi yordam transhini hozirgina ma’qullaganini aytgan, shundan keyin Zelenskiy Kiyev so‘ragan, ammo hali qabul qilib olmagan zarur qurol-yarog‘larni sanab o‘ta boshlagan.

Bunday gaplar, NBC News yozishicha, Amerika prezidentining “jahlini chiqargan”. Bayden, “ovozini balandlatib”, o‘z suhbatdoshiga berilayotgan ko‘mak uchun ko‘proq minnatdorlik bildirishi mumkinligini, chunki Amerika xalqi “shundoq ham g‘oyatda saxiy bo‘lgani”ni, Oq uy va Pentagon esa Ukrainaga “yordam berish uchun ko‘p ishlagani”ni aytgan.

O‘sha suhbatdan avval, deb yozadi NBC News, Oq uyda bir necha haftalar mobaynida Zelenskiy omma oldidagi nutqlarida faqat Ukrainaga nimalar bo‘yicha yordam berilmaganiga e’tiborni qaratishi yuzasidan norozilik kuchayib borgan — ayni vaqtda Vashingtondagi mansabdorlarning o‘zlari qo‘llaridan kelganicha harakat qilayotganiga amin bo‘lgan.

O‘sha suhbatdan keyin Zelenskiy jamoatchilik oldida chiqish qilib, AQSHga “ayamasdan yordam berayotgani” uchun minnatdorlik bildirgan. Shundan buyon prezidentlar o‘rtasidagi munosabatlar faqat yaxshilanib borgan, deb yozadi NBC News.

AQSHda 8-noyabr kuni Kongressga oraliq saylovlar bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar ozchiligi yetakchisi Kevin Makkarti oktabr o‘rtalarida agar uning partiyasi Kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritsa, Ukrainaga yordam kamaytirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Ayni vaqtda AQSH fuqarolarining tobora kamroq qismi Rossiya urushda g‘alaba qozonishi borasida xavotirlanmoqda — may oyidan buyon bu ko‘rsatkich 55 dan 38 foizgacha tushgan.

AQSH Ukrainaga harbiy yordam hajmi bo‘yicha so‘zsiz yetakchidir. Oktabr oxiri holatiga, uning yordami 27,2 milliard dollarga baholanmoqda. Bu Britaniya (3,7 milliard dollar) va Yevroittifoqning (2,5 milliard dollar) umumiy ko‘magi hajmidan to‘rt yarim marta ko‘proq demakdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi