• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nukusda jangovar bo‘linmalarni cho‘lda joylashtirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi (foto)

    Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan cho‘l hududlarida jangovar harakatlarni olib borish, qo‘shinlarning notanish hududlarda joylashuvi hamda har tomonlama ta’minotini tashkil etish masalalariga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Mashg‘ulot Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida cho‘l sharoitida jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishning o‘ziga xos tomonlarini tadqiq etish maqsadida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya bilan boshlandi. Unda mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Qodir Tursunov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farhod Shermatov, vazirlik hamda harbiy okruglarning mas’ul ofitserlari, Qurolli kuchlar kuch tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Cho‘llarning tabiiy-iqlim sharoiti odamning yashashi va faoliyati uchun unchalik qulay bo‘lmagan hudud sanaladi. Ammo ko‘plab zamonaviy urushlar bugungi kunda cho‘l hududlarida olib borilayotgani sabab qo‘shinlarning sahroda harakat qilishi va jang olib borishining o‘ziga xosliklarini tadqiq etishni taqozo etadi.

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Dunyo bo‘ylab har yili 12 million gektar, 1 daqiqada esa 23 gektar yer cho‘llanadi. Ayni vaqtda yer yuzining qariyb 75 foizi cho‘llanib qolgan. Cho‘llangan suvli hududlarning 87 foizi oxirgi 300 yil ichida shunday holga kelgan. Oxirgi hisobotlarga qaraganda, O‘zbekiston hududining 70 foizidan ko‘proq qismi cho‘ldan iborat.

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    O‘simlik dunyosining kamligi, shamol va to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlarini to‘suvchi to‘siqlarning yo‘qligi, suv topish imkoniyati mavjud emasligi ham cho‘l sharoitida jangovar harakatlarni olib borishda qo‘shinlarga qo‘shimcha noqulayliklar yaratishi mumkin.

    Ilmiy-amaliy konferensiya ishida cho‘l sharoitida mudofaa jangini olib borishda bo‘linmalarni tayyorlashning o‘ziga xosliklari, shaxsiy tarkibning psixologik zo‘riqishlarini yechish, cho‘lda harakatlanish va jang olib borish uchun texnikalarni tayyorlash, moddiy-texnik ta’minotni tashkil etish, maxsus qo‘shinlarni qo‘llash hamda aloqani tashkil etish, artilleriya imkoniyatidan foydalanish hamda jangovar tayyorgarlikning boshqa masalalari xususida mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Dunyo bo‘ylab cho‘l hududlarida o‘tkazilgan jangovar operatsiyalar va ularning natijalari chuqur tahlil etilib, tadqiqot natijalari atroflicha muhokama etildi. Cho‘l sharoitida mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berildi.

    Ko‘rgazmali mashg‘ulotning ikkinchi qismi “Nukus” umumqo‘shin poligonida davom etdi. U yerda tashkil etilgan o‘quv nuqtalarida ishtirokchilar cho‘l sharoitida tabiiy va sun’iy vositalardan foydalangan holda muhandislik talablari asosida keng maydonda jihozlangan motoo‘qchi batalyonlarining jamlanish hududi bilan yaqindan tanishdi.

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Shaxsiy tarkib va texnikalarni joylashtirish, barcha turdagi ta’minot masalalarini yo‘lga qo‘yish, o‘q-dori va qurollarni saqlash, hududga mos ravishda niqoblanishni tashkil etish, oziq-ovqat zaxirasini yaratish, dala sharoitida ovqat tayyorlash hamda boshqa masalalarni qamrab olgan hudud bo‘linma doimiy joylashgan joyidan uzoqda, notanish hududda bemalol joylashishi va faoliyatini davom ettirishi mumkinligini ko‘rgazmali tarzda namoyish etdi.

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Nisbatan tekis relyefga ega bo‘lgan cho‘llar qo‘shinlarning har xil yo‘llardan harakatlanishiga sharoit yaratishi bilan harbiy operatsiyalarni o‘tkazishda keng miqyosda manyovr qilish va qayta guruhlanishga imkon bera oladi. Boshqa tomondan qaraganda esa cho‘l qumli past-balandliklar hamda bo‘shashgan qo‘m va to‘proq zarralarining ko‘pligi sabab o‘tuvchanligi past hududlardan iborat bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, jangovar va harbiy texnikalar harakatini cheklab, o‘tuvchanlikning pasayishiga olib keladi.

    Cho‘l hududida barpo etilgan vaqtinchalik harbiy gospitalda yarador va jarohatlanganlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, zamonaviy tibbiy jihoz va uskunalardan unumli foydalanish, dala sharoitida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoniyati ko‘rsatildi.

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi

    Ishtirokchilar dala sharoitida ovqat tayyorlash, non pishirish zavodining imkoniyatlari, kiyim-kechak ustaxonasi, omborxonalar jihozlanishi, texnik ta’minotni tashkil etish masalalari, shikast yetgan texnikalarni ta’mirlash hamda safga qaytarish, bir vaqtning o‘zida dala sharoitida 20 ta texnikaga ommaviy yoqilg‘i qo‘yish hududining faoliyati bilan tanishtirildi.

    Cho‘lda mudofaa jangini tashkil etishda hududga mos niqoblanishni tashkil etish hamda jangovar texnika va shaxsiy tarkib uchun handaklarni tosh, g‘isht, qo‘m va boshqa mahalliy predmetlar yordamida jihozlash bo‘yicha o‘quv joylari ko‘rsatib o‘tildi.

    Shuningdek, mudofaa vaziri o‘rinbosari rahbarligida Qoraqalpog‘istonda joylashgan kuch tuzilmalari mansabdor shaxslari bilan xizmat yig‘ilishi o‘tkazilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha hududdagi vaziyat to‘g‘risida hisobotlar eshitildi.

    29.10.2022, 22:02   Izoh (0)   20758
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda MIB xodimiga jarohat yetkazgan fermer va uning o‘g‘li qamaldi

    29.10.2022, 21:10

    Samarqandda 999,9 probali sof oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    29.10.2022, 20:34

    Dmitriy Gordon O‘zbekistonda Eron dronlari ishlab chiqarilishi haqida xato gapirgani uchun uzr so‘radi

    29.10.2022, 20:04

    O‘zbekistonda yosh IT mutaxassislariga iste’mol krediti ajratish tartibi tasdiqlandi

    29.10.2022, 18:50

    O‘zbekiston oyoq kiyimlarni eng ko‘p qayerdan import qilayotgani ma’lum bo‘ldi

    29.10.2022, 18:13

    Toshkentda 11 gektar yerni 550 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    29.10.2022, 17:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.