• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya mudofaa vazirini tanqid qilgan jurnalistning portlatilishi, “qashshoqlikning do‘sti” Tereza ona va Betxovenning o‘limidan keyin yakunlangan simfoniyasi. Kun xronologiyasida 17-oktabr

    17-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan dunyodagi eng mashhur rohiba — Tereza onaning tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilishi, tahririyatda portlatilgan rossiyalik jurnalist va Betxovenning o‘limidan keyin yakunlangan 10-simfoniyasiga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Qashshoqlikning do‘sti”: umrini beva-bechoralarga yordam berishga sarflagan Tereza ona

    1979-yilning 17-oktabr kuni dunyodagi eng mashhur rohiba ayol — Tereza ona tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgandi. U 1910-yilga qadar Usmonlilar imperiyasi tarkibida bo‘lgan hozirda Makedoniyaga qarashli Skopye shahrida Agnes Gonja Boyajiu kosovalik albanlar oilasida kenja qiz bo‘lgan va bolaligidan dinga qiziqib kelgan. Bunga asosiy vaqtini ibodat va kam ta’minlanganlarga yordam ko‘rsatishga bag‘ishlaydigan onasi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    Tereza ona, 1966-yil

    Tereza ona, 1966-yil
    Foto: AP Photo

    Bo‘lajak Tereza ona qiyinchilikka duch kelgan insonlarga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan — 18 yoshida u Irlandiyaga ko‘chib o‘tib, “Loretoning irland hamshiralari” katolik cherkoviga kirgan va tez orada Hindistonning Kalkuttasiga yo‘l olib, 20 yil davomida ayollar maktabida dars bergan. U 1937-yilda rohiba sifatida tanilgan — o‘shandan beri hozirgi Shimoliy Makedoniyada tug‘ilgan ayol Tereza ona nomini ko‘tarib keladi.

    1946-yili Kalkuttadan Darjilingga poyezdda ketayotgan Tereza ona “Opa-singil missionerlar muhabbati” tashkilotini asos solish fikriga keladi va buni amalga oshirib, 1997-yilning martiga qadar tashkilotni boshqaradi. Alohida tashkilot (orden) yaratish bo‘yicha Vatikandan ruxsat 1950-yilda olingan, 1964-yilda Rim papasi Pavel VI bilan uchrashuvdan keyin esa ordenning butun dunyo bo‘ylab bo‘linmalari ochilishni boshlaydi.

    Qo‘lida yetim chaqaloqni ushlab turgan Tereza ona

    Qo‘lida yetim chaqaloqni ushlab turgan Tereza ona
    Foto: Global Look Press

    Tereza ona missionerlik maqsadlari bilan butun dunyo bo‘ylab ko‘plab sayohatlarni amalga oshirgan. U Kalkuttadagi bemorlarning yaralarini yuvgan, Livandagi falastinlik qochoqlar lagerlariga tashrif buyurgan, Efiopiyaga qurg‘oqchilik vaqtida, Gvatemalaga zilziladan keyin borgan. 1986-yilda u birinchi marta SSSRga, Chernobil avariyasidan keyin kelgan va 1988-yilda yana Sovet Ittifoqiga tashrif buyurgan.

    Tereza onaning faoliyati bir necha bor tanqidlarga uchragan — u bemorlar uchun boshpanalar malakali tibbiy yordamlarni ko‘rsatmayotgani, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash fondiga kelib tushayotgan mablag‘lar boshqa maqsadlarga sarflanayotgani bo‘yicha ayblangan. Masalan, ingliz jurnalisti Kristofer Xitchens “Tereza ona qashshoqlarning emas, qashshoqlikning do‘sti edi”, degandi. Tereza ona 1997-yilning 5-sentabr kuni Kalkuttada vafot etgan.

    Tereza ona va qirolicha Yelizavetta II, 1983-yil 24-noyabr

    Tereza ona va qirolicha Yelizavetta II, 1983-yil 24-noyabr
    Foto: AP Photo

    Tereza ona Bxolaps falokatida jabrlanganlar qo‘lini siqmoqda, 1984-yil

    Tereza ona Bxolaps falokatida jabrlanganlar qo‘lini siqmoqda, 1984-yil
    Foto: AP Photo

    AQSH prezidenti Ronald Reygen 1985-yilda Tereza onani “Ozodlik” medali bilan taqdirlagan

    AQSH prezidenti Ronald Reygen 1985-yilda Tereza onani “Ozodlik” medali bilan taqdirlagan
    Foto: Global Look Press

    Tereza ona Germaniyaning Bonn shahrida, 1986-yil

    Tereza ona Germaniyaning Bonn shahrida, 1986-yil
    Foto: Global Look Press

    Armanistondagi zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun Yerevanga kelgan Tereza ona, 1988-yil

    Armanistondagi zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun Yerevanga kelgan Tereza ona, 1988-yil
    Foto: “RIA Novosti”

     

     

     

     

     

     

     

     

    Tahririyatda o‘ldirilgan jurnalist

    1994-yilning 17-oktabr kuni “Moskovskiy komsomolets” gazetasi tahririyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida jurnalist Dmitriy Xolodov halok bo‘lgandi.

    Foto: “Kommersant”

    Dmitriy Xolodov 1967-yilning 21-iyul kuni Moskva viloyatida tug‘ilgan. Uning ota-onasi Zoya Aleksandrovna va Yuriy Viktorovich — Markaziy ilmiy-tadqiqot institutida muhandislari bo‘lib ishlagan. Xolodov maktabdan keyin dengiz piyodalari safida xizmat qilgan. Moskva fizika muhandislik institutini tamomlagan, ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan. Keyinchalik mahalliy radio va gazeta muxbiri bo‘lib ishlagan.

    1992-yilning avgustida u “Mosvkovskiy komsomolets” gazetasi muxbiriga aylangan. Xolodov zamonaviy Rossiya armiyasi haqida yozgan, ko‘plab “qaynoq nuqtalar”da — Abxaziya, Checheniston, Ozarbayjon, Tojikiston—Afg‘oniston chegarasida bo‘lgan. Harbiylar o‘rtasida mansab vakolatlarining suiiste’mol qilinishi mavzusini ko‘targan.

    1993-1994-yillarda Xolodov o‘sha vaqtdagi Rossiya mudofaa vaziri Pavel Grachevning kirdikorlarini fosh etuvchi bir nechta maqolalarni chop etgan. Jurnalist vazirni G‘arbiy qo‘shinlar guruhidagi korrupsion mojaroga aloqadorlikda ayblagan. Grachev bir necha bor o‘z qo‘l ostidagilarini uning nuqtai nazari bo‘yicha haqorat qilayotgan nashr mualliflariga ta’sir o‘tkaza olmaganliklari uchun qoralagan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Grachev ayniqsa, Xolodovni juda yomonlagan.

    Grachevning ko‘rsatmasiga binoan Xolodovni mudofaa vaziri ishtirokidagi matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa rasmiy tadbirlarga kiritmay qo‘yishgan. Vladimir Poznerning ko‘rsatuvida chiqish qilgan vaqtida u Xolodovni “ichki dushman” deb atagandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1993-yilning dekabrida Grachev Rossiya Mudofaa vazirligi Harbiy-dengiz qo‘shinlari shtabi razvedka bo‘limi boshlig‘i Pavel Popovskixga armiya va mudofaa vaziri haqida salbiy maqolalar chop etilishini to‘xtatish vazifasini qo‘ygan. Xususan, matbuotga haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlarni topshirishni tashkillashtirish taklif qilingan, bu orqali jurnalistlarni tekshirilmagan va yolg‘on ma’lumotlarni chop etish bahonasida qo‘lga tushirish niyati bo‘lgan.

    Pavel Grachev

    Pavel Grachev
    Foto: “Kommersant”

    “Moskovskiy komsomolets” ma’lumotlariga ko‘ra, Grachev bir necha bor sobiq Havo-desant qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni Yevgeniy Podkolzinga qo‘ng‘iroq qilib, Xolodov va gazetani “tinchitish”nita talab qilgan. Sobiq vazir shunday buyruq berganini rad etmagan, ammo bunda jismoniy tazyiqni nazarda tutmaganini va Popovskix bunday buyruq olmagani ta’kidlagan.

    Rossiya Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1994-yilning bahorida Podkolzin Grachev bilan navbatdagi uchrashuvdan keyin Popovskixga mudofaa vaziri Havo-desant kuchlari razvedka bo‘limi boshlig‘ining sustligidan noroziligini aytadi va Xolodovga nisbatan eng qattiq choralar ko‘rishni talab qilgan. Grachev agarda ish muvaffaqiyatsiz ketsa, Popovskix boshqargan 45-polkni tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan.

    Tergov materiallarida qayd etilishicha, 1994-yilning avgust-sentabr oylarida Popovskix Harbiy-desant qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Zuyev bilan uchrashuvda Grachevning talablarini yana bir bor eshitgan. Vazir jurnalistning “og‘izini yopish” va “oyog‘ini sidirish”ni talab qilgan.

    1994-yilning 17-oktabr kuni Xolodov o‘ldirilgan. “Moskovskiy komsomolets” tahririyatidagi xonasida u portlovchi qurilma o‘rnatilgan diplomatni ochib yuborgan. Tergov versiyasida keltirilishicha, jinoyatni Popovskix Grachevga yoqish uchun tashkillashtirilgan. Qolgan sudlanuvchilar: Havo-desant qo‘shinlari maxsus otryadi boshlig‘i Vladimir Morozov, uning o‘rinbosarlari Aleksandr Soroka va Konstantin Mirzayans, tadbirkor Konstantin Barkovskiy va “Ross” xususiy qo‘riqlash xizmati direktori o‘rinbosari Aleksandr Kapunsov — jinoiy sheriklar deb topilgan.

    Foto: “Kommersant”

    Gumonlanuvchilarning barchasi Moskva harbiy okrug sudi tomonidan 2002-yilning 26-iyunida oqlangan. 2003-yilning 27-mayida Rossiya Oliy sudi harbiy kollegiyasi Bosh prokuraturaning protestiga ko‘ra, oqlov hukmini bekor qilgan va ishni qayta ko‘rib chiqishga jo‘natgan. 2004-yil 10-iyun kuni ayblanuvchilarning barchalari yana oqlangan.

    Foto: “Kommersant”

    Bosh prokuratura va o‘ldirilgan jurnalistning ota-onalari kassatsion shikoyatni kiritgan. Ammo 2005-yilda Moskva okrugi harbiy sudining hukmlari haqiqiyligi Rossiya Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan tasdiqlangan.

    Betxovenning o‘limidan salkam 200 yil o‘tib yaratilgan 10-simfoniyasi

    1988-yilning 17-oktabrida Londonda Betxovenning oxiriga yetmagan 10-simfoniyasi ijro etilgandi. U ingliz tadqiqotchisi Barri Kuper tomonidan Berlinda topilgan qo‘lyozmalar asosida tiklangan.

    1827-yil Lyudvig van Betxoven umrining oxirgi yili edi. U ko‘pchilik tomonidan ijodining cho‘qqisi deya e’tirof etilgan o‘zining To‘qqizinchi simfoniyasini yakunlaganiga uch yil to‘lgan. Kompozitor 10-simfoniyasini yozishga kirishgan, biroq sog‘lig‘i yomonlashgani bois boshlagan ishida jiddiy oldinga siljiy olmaydi: u qoldirgan bar narsa — bu bir nechta musiqiy xomaki loyihalar.

    Foto: Three Lions / Stringer

    Shundan buyon Betxovenning muxlislari va musiqashunoslar uning simfoniyasi qanday bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi deya bosh qotirib keladi. Uning xomaki chizgilari xuddi amalga oshirib bo‘lmas noodatiy iqtidor namunalari kabidir. 2021-yilda ko‘plab musiqa tarixchilari, musiqashunoslar, kompozitor va dasturchilar yordamida Betxoven orzusi amalga oshgan. Bir guruh olimlar a’zo bo‘lgan Playform AI startapi loyihada sun’iy intellekt ishiga javob bergan bo‘lib, ular mashinani Betxoven merosiga va ijodiy jarayonga o‘rgatgan.

    Bundan oldingi urinishlar

    1817-yilda London qirollik filarmoniyasi hamjamiyati Betxovenga o‘zining To‘qqizinchi va O‘ninchi simfoniyalarini yozishni topshirgan. Orkestr uchun yozilgan simfoniyalar asosan to‘rt qismdan iborat bo‘ladi: birinchisi tezkor tempda, ikkinchisi — sekinroq, uchinchisi — o‘rta yoki tez, oxirgisi esa — tezkor bo‘ladi.

    Betxoven o‘zining 9-simfoniyasini 1824-yilda tugatgan bo‘lib, u “Baxtga qasida” bilan yakunlangan. Betxoven 10-simfoniya haqida o‘zidan keyin bir nechta musiqiy nota va g‘oyalar tushirilgan qo‘lyozmalardan boshqa hech narsa qoldirmagan.

    Betxovenning qo‘lyozmasi

    Betxovenning qo‘lyozmasi
    Foto: Big Think

    O‘tgan vaqt davomida Betxovenning 10-simfoniyasini qayta tiklash bo‘yicha bir nechta urinishlar amalga oshirilgan. Ularning eng mashhur — musiqashunos Barri Kuperniki bo‘lib, u 1988-yilda birinchi va ikkinchi qismni yakunlagandi. Mutaxassis 250 ta musiqiy takt eskizlarini birlashtirib, Betxovenga mos birinchi qismni yaratgan. Biroq Betxoven qo‘lyozmalarining kamligi simfoniyachilarga birinchi qismdan ortiq ishni bajarish imkonini bermagan.

    Jamoaning tuzilishi

    2019-yil boshlarida musiqiy texnologiyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadigan Karayan instituti direktori doktor Mattias Reder Betxovenning 10-simfoniyasini yakunlash bo‘yicha jamoa tuzishga qaror qilgan. Buni amalga oshirish uchun sun’iy intellekt oldin hech amalga oshirmagan ishni amalga oshirishi kerak edi.

    Shundan so‘ng, Reder jamoani shakllantirishga kirishgan bo‘lib, uning tarkibidan Intel uchun musiqiy jingl yozgan avstriyalik kompozitor Valter Versova o‘rin olgan. U Betxoven qoldirgan meros bilan sun’iy intellekt yaratadigan musiqani birlashtiruvchi kompozitsiyani yozish topshirilgan. Raqamli musiqa bo‘yicha ekspert Mark Gotem esa Betxoven qo‘lyozmalarini tahlil qilib, barcha ijod namunalarini o‘rganishni boshlagan. Bu sun’iy intellekt ularni o‘rganib, tahlil qilishi uchun kerak edi.

    Foto: Three Lions / Stringer

    Jamoadan, shuningdek, Garvadr universiteti musiqashunosi va mohir pianinochi Robert Levin ham o‘rin olgan. Bundan oldin Levin XVIII asrga oid Motsart va Iogann Sebastyan Baxning oxiriga yetmagan ishlarini yakunlashga muvaffaq bo‘lgandi.

    2019-yilning iyunida jamoa Garvard kutubxonasida ikki kunlik musiqiy seminarga to‘plangan. Unda Betxoven qo‘lyozmalarini yakunlangan musiqiy asarga aylantirish va sun’iy intellekt uni kompozitor xohlagandek simfoniyaga keltirishni muhokama qilgan. Xonadagi musiqiy ekspertlar sun’iy intellekt oldin qanday musiqa yozgani haqida ma’lumotga ega bo‘lishni sabrsizlik bilan kutgan.

    Loyiha davomida inson va mashina o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borgan. Versova, Gotem, Levin va Reder qo‘lyozmalarini tahlil qilib, muallif 10-simfoniyani qanday ko‘rishni istaganini tushunishga uringan. Yakunlangan simfoniyalaridan shablon sifatida foydalanib, ular murakkab boshqotirmani yechmoqchi bo‘lgan.

    Sun’iy intellekt musiqiy liniyani topishga va ularni uyg‘unlashtirishga o‘rgangan. Shuningdek, u ikkita alohida musiqani birlashtirishni uddalagan. Oxir-oqibat to‘liq kompozitsiya paydo bo‘lgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Texasda ayollarni yomon ko‘rgani uchun qirg‘in uyushtirgan erkak, Xitoyning birinchi atom bombasi va Chili diktatori Pinochetning hibsga olinishi. Kun xronologiyasida 16-oktabr

    17.10.2022, 09:30   Izoh (0)   60437
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dronlardan keyin Eron Rossiyaga ballistik raketalar ham yetkazib bermoqchi — WP

    17.10.2022, 08:20

    Isroil Ukrainaning ittifoqchisiga aylanishini ma’lum qildi

    16.10.2022, 22:38

    9 mingga yaqin rossiyalik harbiylar Belarusga keladi — Belarus Mudofaa vazirligi

    16.10.2022, 22:13

    Bloomberg: Xitoy rahbari Rossiya va G‘arb bilan munosabatlarga nuqta qo‘ydi

    16.10.2022, 21:46

    Tayvan suverenitet borasida murosaga kelmasligini bildirdi

    16.10.2022, 21:05

    Kuchli bo‘ron Krit orolidagi bir nechta mashinani dengizga olib ketdi (video)

    16.10.2022, 20:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp neft mavjud bo‘lsa Eronga yadro energetikasi nima uchun kerakligini tushunmasligini bildirdi

    Dunyo | 21 iyun, 11:20

    Shou uchun million dollarlar: jahon yulduzlari nima uchun konsertga ko‘p pul sarflaydi?

    Musiqa | 21 iyun, 10:50

    Bayden sirli loyiha ustida ishlash uchun Vashingtonga poyezdda qatnamoqda — NYP

    Dunyo | 21 iyun, 10:40

    Sun’iy intellekt Google qidiruvni yo‘q qilmoqda: saytlar trafik, reklama va daromadini yo‘qotmoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 10:20

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.