• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sun’iy soch, kontakt linzalar, rinoplastika — Gollivud yulduzi Merilin Monroning hammadan yashirgan 10 ta siri (foto)

    Oddiy fabrika ishchisi Norma Jin Beyker — bo‘lajak aktrisa Merilin Monro mubolag‘asiz ekran yulduzi, go‘zallik va uslub ma’budasi edi. Biroq yoqimli tabassum ortida o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, komplekslar, tashqi ko‘rinish, xulq-atvor, ovoz va sog‘liq muammolari yashiringandi. AdMe nashri Gollivud yulduzining maftunkor ko‘rinishi ortida qanday sirlar yashiringani haqida ma’lumot beradi.

    Merilin Monroning sochlari umrining oxiriga kelib bo‘yash va kimyoviy jingalak qilishdan to‘kila boshlagan

    Merilin Monro sochlarini bo‘yashdan oldin

    Merilin Monro sochlarini bo‘yashdan oldin
    Foto: East News

    Merilin Monroning mashhur soch turmagi unga juda qimmatga tushgan. Aktrisa sochlarining o‘sish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun elektroliz protsedurasidan foydalanadi — peshonasidagi tepadan pastga qarab uchburchak shaklida o‘sgan sochlardan xalos bo‘lishga harakat qiladi. Uzoq vaqt davomida Monro o‘zining tabiiy kulrang sochini sariqqa bo‘yab yurgan.

    Dastlab aktrisaning sochlari qizg‘ish rang qilib, yengilroq bo‘yaladi. Biroq Merilin sochlari sarg‘ish bo‘lishni xohlaydi. Shuning uchun u har safar sochlarini bo‘yaganda yanada och rangga almashtira boshladi. Natijada qiz platina sarg‘ish rangga erishdi. Ammo bu protseduralar sochlarining to‘kilishiga olib keldi.

    Foto: East News

    O‘sha paytda sochlarni och rangga bo‘yash uchun katta miqdorda sulfat kislota va vodorod periks kerak bo‘lib, u soch va bosh terisini kuydirardi. Monro shuningdek, sochlarini kuchli quvur tozalagich bilan jingalak qiladi. Aktrisa kimyoviy muolajadan haftasiga 2-3 marta soch ildizlarini ochartirish va sarg‘ishlikni mustahkamlash uchun foydalangan.

    Asta-sekin kino yulduzining sochlari zaif, jilosiz va mo‘rt bo‘lib qoladi va umrining oxirida u butunlay to‘kila boshlaydi. Shu sababli Merilin Monro parik kiygan. Masalan, 1961-yilda suratga olingan “Sargardon” filmida (yuqoridagi rasm) aktrisaning sochlari sun’iy.

    Merilin Monro bilaklaridan uyalgan

    Foto: East News

    Merilin Monro ko‘pincha qomatini nomukammal, bilaklarini esa beso‘naqay deb hisoblagan. Shu sababli suratga tushayotganda aktrisa qo‘llarini bukishga yoki kameraga yarim burilishga harakat qilgan. U qo‘lning bu qismi haqiqiy hayotdan ko‘ra fotosuratlarda nozik ko‘rinishini xohlagan.

    Aktrisa quloqlarini juda katta deb hisoblagani uchun ularni yashirib yurgan

    Foto: East News

    Gollivud yulduzini baland soch turmagida ko‘rish deyarli imkonsiz edi. Chunki hamma gap quloqlarida edi: aktrisa ularni juda katta deb, buni kamchilik deb hisoblagan. U deyarli har doim quloqlarini yopadigan soch turmagida yurgan.

    Merilin Monro iyagini operatsiya qildirgan

    1948-yilda aktrisa

    1948-yilda aktrisa
    Foto: East News

    Karyerasining boshida u bir kasting direktori unga “iyaksiz mo‘jiza” deb ataganini eshitgan degan versiya mavjud. Shunchaki, aktrisa yuzining pastki qismida silliq, yumshoq chiziq bor edi.

    Foto: East News

    Gollivudning mashhur plastik jarrohi Maykl Gurdin o‘z eslatmalarida Monro operatsiya qilisha qaror qilganini yozgan. Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1950-yilda uning iyagini yanada nozik qilish uchun tog‘ay qo‘yilgan. Ammo ko‘p narsa aktrisaning kamera oldiga qanchalik mohirona suratga tushganiga qarab hal qilingan (yuqoridagi kollajda).

    Foto: East News

    Vaqt o‘tishi bilan Gurdinning so‘zlariga ko‘ra, implant eriy boshlaydi. Xullas, aktrisaning 1962-yilda suratga olingan so‘nggi “Nimadir yuz berishi kerak” (yuqoridagi rasm) filmida Monroning mimikalari yanada jonliroq ko‘rinadi — kulayotganda hammaniki kabi uning qo‘sh iyagini ko‘rishingiz mumkin.

    Gollivud yulduzi duduqlanmaslik uchun to‘xtab-to‘xtab gapirgan

    Foto: East News

    Aktrisa bolalik paytidayoq duduqlanishdan aziyat chekardi. Logoped unga duduqlanishni to‘xtatish uchun maxsus tomoq texnikasini o‘rgatadi. Keyinchalik tomoqli talaffuz uslubi Monroning “tashrif qog‘ozi”ga aylandi. Biroq Merilin so‘nggi filmi “Nimadir yuz berishi kerak” (yuqoridagi rasm)da suratga tushayotganda duduqlanishi qaytalanadi, shu sababli ham replikani o‘zlashtirishi qiyinlashgan.

    Merilin Monro rangli kontakt linzalardan foydalangan

    Foto: East News

    Tim qora ko‘zli Monro

    Tim qora ko‘zli Monro
    Foto: East News

    Merilin Monroning turli yillarda olingan suratlarini yoki turli filmlardan olingan kadrlarni solishtirsangiz, uning ko‘z rangi ba’zi joylarda har xil ekanligini sezasiz. Aktrisaning suratlarini tekshirgan shifokorlar Monro rangli linzalar taqib yurgan va miopiyadan aziyat chekkan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishdi.

    Aytishlaricha, Merilin Monroning oyoqlari nomutanosib ravishda qisqa bo‘lgan

    Foto: East News

    Aktrisa qomatining nisbati o‘sha paytdagi go‘zallik me’yorlariga javob bermasdi. Masalan, uning boshini katta, tanasiga nisbatan oyoqlarini kalta deb hisoblashgan. Ehtimol, shuning uchun ko‘pchilik uchun Merilin o‘zidan pastroq bo‘lib tuyulgan.

    Monro kiyimlar yordamida o‘z qad-qomatini qanday ta’kidlashni bilardi — u beliga kamar taqishni yaxshi ko‘rgan. Ushbu uslub oyoqlarni vizual ravishda uzun, bo‘yini esa balandroq ko‘rsatishga yordam bergan.

    Aktrisa uzoq vaqt tabassumi ustida ishlagan

    Foto: East News

    1945-yilda Merilin Monro birinchi ish joyi — modellik agentligiga kelganida, unga tabassum noto‘g‘ri ekanligini aytishadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, qiz juda keng tabassum qilardi, shuning uchun burni atrofidagi chuqur ajinlar ko‘rinib, burni esa katta bo‘lib tuyulardi.

    Merilinga mayin tabassum qilishni o‘rgatishgan, shunda aktrisaning yuzi quvonchni ifodalaganda lablari titragan.

    Merilin Monro burnidan ko‘ngli to‘lmagan

    Foto: East News

    Aktrisa burnini katta deb hisoblagan va uni doimo niqoblashga harakat qilgan. Bir muddat o‘tgach uning burni boshqacha ko‘rina boshlaydi. Plastik jarrohlarning ta'kidlashicha, Monro kichik rinoplastika qildirgan.

    Biroq mumkin bo‘lgan tibbiy aralashuvdan keyin ham Merilin burnidan ko‘ngli to‘lmaydi. Shuning uchun pardozda konturdan foydalanadi. Shunday qilib, aktrisa burnini vizual ravishda ingichkalashtiradi.

    Gollivud yulduzi asabiy va ta’sirchan bo‘lgan

    O‘smirlik davridagi aktrisa

    O‘smirlik davridagi aktrisa
    Foto: East News

    Merilinning bolaligi qiyin kechadi. U otasini tanimasdi, tez-tez mehribonlik uylarida yashagan, yoshligidan erkaklar tomonidan qo‘pol hujumlarga duch kelgan. Bularning barchasi qizning asab tizimiga ta’sir qilmasligi mumkin emasdi.

    Ba’zida Monro o‘zining yulduzligini yomon ko‘rardi. U oshkoralikdan qochadi, ba’zida taxalluslar ostida yashirinadi, yashirin do‘stlar va yashirin kvartiralar orttiradi.

    Ikki tomonlama hayot aktrisaning psixologik holatiga ta’sir qiladi. Monro ruhiy travmadan aziyat chekadi, shuning uchun u tez-tez dorilar va psixologlar yordamiga murojaat qiladi. Hatto bir marta psixiatriya shifoxonasida  ham davolanib chiqadi.

    Mavzuga doir:

    • Uyqu, vazelin va qayrilgan qoshlar: Merilin Monroning g‘ayrioddiy go‘zallik sirlari
    • The Sun nashri: Merilin Monro o‘zga sayyoraliklar tufayli o‘ldirilgan
    • Afsonaviy Merilin Monro dunyoga tanilmasidan avval qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    14.10.2022, 13:40   Izoh (0)   22054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oq uydan keyingi hayot: prezidentlik muddatidan so‘ng AQSHning sobiq birinchi xonimlari nima bilan shug‘ullanadi?

    11.10.2022, 17:46

    Janubiy Koreyaning nafaqat iste’dodi, balki sohibjamolligi bilan ham tanilgan 7 aktrisasi (foto)

    11.10.2022, 13:11

    Faqat ekranda emas, real hayotda ham odamlar hayotini saqlab qolgan yulduzlar (foto)

    10.10.2022, 15:02

    Hech qachon kech emas: 70 yoshdan so‘ng mashhur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    09.10.2022, 12:09

    Shohona hashamat: Yevropa qirollik oilalariga tegishli mehmonxonalar qanday ko‘rinishga ega?

    07.10.2022, 12:51

    Xizmatkor, ofitsiant va kassir: Gollivud yulduzigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan aktrisa — Margo Robbining taqdir hikoyasi

    29.08.2022, 10:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.