Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident tomonidan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, qonun bilan elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekani e’tirof etildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ERIdan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi hamda shaxslar o‘rtasidagi ERIdan foydalanish sohasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. ERI kalitini berish yoki uning sertifikatini ro‘yxatga olish bir ish kunidan oshmasligi kerak.

ERI kalitiga ega bo‘lgan shaxslar ERI mavjud bo‘lishi talab qilinadigan davlat xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta ERI kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Har bir kalitning sertifikatini ro‘yxatga olish belgilangan tartibda alohida amalga oshiriladi.

ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran 24 oydan oshmasligi kerak. Bunda ERIning amal qilish muddati ikki martadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari, shuningdek, chet el jismoniy va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ERIni konsullik muassasalari, shuningdek diplomatik vakolatxonalarning konsullik bo‘limlari orqali olishi mumkin. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
MIB: Ijro hujjatlarini qaytarishdan byuro organlari manfaatdor emas
Sport
Rasman: Neyt Dias UFC’ni tark etdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi