Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishida 15-oktabr kuni beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o‘rtacha me’yoriy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi va 26-29 darajani tashkil etadi.

Shimolda va cho‘l hududlarda 16-oktabr shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Markaz xabariga ko‘ra, 17-oktabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18—19-oktabrda respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelib, harorat pasayishi kutilmoqda. Shu kunlarda qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kutilayotgan qish mavsumi uchun taxminiy prognoz e’lon qilindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni barcha hududlarda koronavirus qayd etildi
Dunyo
Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr
Dunyo
Bayden: “Putin Ukrainadagi urushni tugatishga qiziqish bildirsa, u bilan gaplashishga tayyorman”