Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida salkam 74 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurilishi rejalashtirilgan yerosti yo‘li qurilishi to‘xtab qolishi jamoatchilik e’tirozi-yu, muhokamasiga sabab bo‘ldi. Mazkur jarayonga javob bergan Toshkent viloyati hokimligi Zangiota tumanida matbuot anjumani tashkil qilib, OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Matbuot anjumanida so‘z olgan yerosti yo‘li qurilishi buyurtmachisi — O‘zbekiston avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi vakili G‘ulom Zohidov qurilish ishlari to‘xtab qolishiga hududdagi “snos” masalalarining hal etilmagani sabab ekanini bildirdi.

Foto: Nozim Abdulla

Uning ma’lumot berishicha, yerosti yo‘li qurilishini davom ettirish uchun hududdagi 4 ta turar, 21 ta noturar bino buzilishi, shuningdek, 72 ta daraxt kesilishi lozim bo‘ladi.

Foto: Nozim Abdulla

“Ushbu obyekt prezidentimiz qaroriga ko‘ra, investitsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, obyektning umumiy qiymati salkam 74 milliard so‘mni tashkil qiladi. 2022-yil mazkur obyekt uchun 20 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bosh pudratchi ‘Ko‘prik qurilish tresti’ tomonidan 13 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan”, — deydi G‘ulom Zohidov.

G‘ulom Zohidov.

G‘ulom Zohidov.
Foto: Nozim Abdulla

Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, qurilish ishlari davom etishi uchun “snos” muammolari xalal bermoqda. Tuman hokimligi mas’ullari esa bunga yetarli darajada e’tibor qaratmagan.

“Biz qurilish ishlarini davom ettirish uchun barcha qurilish materiallarini olib kelib qo‘yganmiz. Ammo hududdagi 4 ta turar, 21 ta noturar binolar buzilishi va ularning puli to‘lab berilishi, shuningdek, 72 ta daraxt kesilishi kerak bo‘ladi. Biz bu bo‘yicha Zangiota tumani hokimligiga ikki-uch marta xat chiqarganmiz”, — deydi yerosti yo‘li qurilishi buyurtmachisi bo‘lgan O‘zbekiston avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi vakili G‘ulom Zohidov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi