Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar to‘plami kiritilgandan so‘ng, Yevropa Ittifoqi tomonidan barcha savdo cheklovlari qiymati taxminan 123 milliard yevroga baholanmoqda, bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: DW

Foto: DW

Bu miqdorda Rossiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi 2021-yilda mavjud bo‘lgan, ammo rasmiy sanksiyalar tufayli endi imkonsiz bo‘lgan o‘zaro savdo hajmi (import va eksport) tushuniladi.

Yangi sanksiyalar paketi savdo sanksiyalarini o‘z ichiga oldi — Rossiya tovarlarini Yevropa Ittifoqiga olib kirish va Yevropa tovarlarini Rossiyaga eksport qilishni cheklash, Rossiya mijozlariga arxitektura va muhandislik, shuningdek, IT konsalting va yuridik xizmatlarni taqdim etishni taqiqlash uchun cheklovlar.

Sanksiyalarning so‘nggi bosqichida Yevropa Ittifoqi Rossiyadan yanada ko‘proq temir va po‘lat mahsulotlar, ba’zi kimyoviy moddalar, kosmetika va sovunlar, plastmassalar, yog‘och xamiri, gazeta qog‘ozi, salfetkalar importini taqiqladi.

Import cheklovlari deyarli 90 milliard yevroni tashkil etadi (bu 2023-yil boshida to‘xtatilishi kerak bo‘lgan Rossiya neft mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga yetkazib berish — 65 milliard yevroni o‘z ichiga oladi).

Misol uchun, Yevropa Ittifoqi endi Rossiyadan organik birikmalar (metanol, kislotalar va boshqalar) sotib olishni taqiqladi, ularning Yevropaga yetkazib berilish qiymati o‘tgan yili 756 million dollarga yetgan.

Jumladan, YI mamlakatlari Rossiyadan metil spirtini 519 million dollarga import qilgan. Bundan tashqari, 2022-yilda Yevropa Rossiyadan metanolni faol sotib olishni davom ettirgan: iyun va iyul oylarida uning yetkazib berish hajmi 36 million dollar yoki 92—99 ming tonnani tashkil etgan.

Hammasi bo‘lib, import embargolarining yangi ro‘yxati 140 ga yaqin tovarlarni o‘z ichiga oladi.

Biroq mavjud shartnomalar bo‘yicha ushbu tovarlarni yetkazib berish 2023-yil 8-yanvargacha mumkin bo‘ladi, shuning uchun cheklovlarning to‘liq ta’siri keyingi yildan boshlab paydo bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi