Namangan shahrining Uychi ko‘chasida Lacetti “Moskvich” va Spark’ga borib urildi.
Viloyat YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 9-oktabr soat 22:40 larda Lacetti haydovchisi Namangan—Uychi yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan “M-412” (“Moskvich”) va Spark avtomashinalariga borib urilgan.
Natijada avtomashinalar texnik shikastlangan. Lacetti haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga doir: Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH: 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi (video)