Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryoda farzandining ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tumani ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 2016-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.U.dan undiruvchi X.U.ning foydasiga 2 nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdorning oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Biroq ota sud buyrug‘ida zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni bajarmagan. Byuroning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan Sh.U. 2 nafar farzandining ta’minoti uchun aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lashi bo‘yicha bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsa-da, ota farzandlarining ta’minoti, ya’ni 15 oy davomida 13 710 038 so‘m aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumani sudi qaroriga asosan fuqaro Sh.U.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi