Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy noyabr oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashishga rozilik bildirdi, deb xabar berdi Ateo Breaking. Bu haqda Indoneziyaning BAAdagi elchisi Husin Bagis ma’lum qilgan.

Foto: “Agenzianova.com”

Foto: “Agenzianova.com”

Agar Zelenskiy va Putin Balidagi sammitga kelishsa, bu ularning mojaro boshlanganidan beri bir joyda birinchi marta chiqishi bo‘ladi.

“Ikkalasi ham qatnashishga rozi bo‘ldi. Ukraina-Rossiya urushi tufayli vaziyat oddiy emas”, — dedi Indoneziya elchisi.

Keraksiz keskinlikning oldini olish uchun davlat rahbarlari turli mehmonxonalarga joylashtiriladi. “Biz ularni qaysi mehmonxonalarga joylashtirish masalasini hal qilmoqdamiz — biri Putin uchun, ikkinchisi Zelenskiy uchun”, — deydi elchi.

Rossiya hukumat vakili Dmitriy Peskov ham Rossiya Indoneziyadagi G20 sammitida ishtirok etishini tasdiqladi, biroq ishtirok etish formati hali aniqlanmaganini ta'kidladi.

Zelenskiyning ofisi esa uning G20 sammitidagi ishtirokini tasdiqlamadi. “Qaror hali qabul qilinmadi”, — deydi Zelenskiyning matbuot kotibi.

Mavzuga doir: Ukraina BMT va Yevroittifoqqa Rossiyaning jinoyatlari uchun xalqaro tribunal tuzishni so‘raydi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi