Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH NATOga 1997-yildan keyin qo‘shilgan mamlakatlarga, shu jumladan, Polshaga yadro qurolini joylashtirishni rejalashtirmayapti, deya ma’lum qildi Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Vedant Patel.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda Varshavaning Nuclear Sharing dasturida ishtirok etishi masalasi ochiq bo‘lib qolayotganini aytgandi. Ushbu dastur doirasida NATOning Yevropa davlatlari Amerika yadro qurolini o‘z hududiga joylashtiradi va o‘zida saqlab turadi. “Biz Amerika yetakchilari bilan AQSH shunday imkoniyatni ko‘zda tutyaptimi, yo‘qmi, shu haqda gaplashdik. Mavzu ochildi”, — degandi u.

“Muzokaralar chog‘ida bu mavzu ochilganidan xabarimiz yo‘q. Lekin aytishim mumkinki, AQSH 1997-yildan keyin kelib qo‘shilgan NATO mamlakatlari hududlariga yadro qurolini joylashtirishni rejalashtirmayapti”, — dedi Patel.

Polsha Shimoliy Atlantika alyansiga 1999-yilda qo‘shilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO Rossiya “ostonalariga” qurol joylashtirayotgani haqida ko‘p bora gapirgan. U Ukraina NATOga a’zo bo‘lgan taqdirda, uning hududida NATO bazasi ochilib, shu tariqa Rossiya uchun xavf yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘tgan yil dekabrida AQSHga uzatgan o‘z xavfsizligi kafolatlari haqidagi takliflari orasida ikkinchi tomon o‘z milliy xavfsizligiga tahdid deb qabul qilishi mumkin bo‘lgan hududlarga qurol-yarog‘ joylashtirmaslikni ko‘zda tutuvchi bandlar bor edi. NATO uchun xuddi shunday hujjatda Moskva 1997-yil holatiga mavjud nizomlarga qo‘shimcha ravishda, alyansga a’zo mamlakatlarga og‘ir qurol-yarog‘ joylashtirmaslikka chaqirgandi.

Moskva, Vashington va Bryussel o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar natijasida hech qanday bitimlar qabul qilingani yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi