Balx viloyatining Hayraton portida 5-oktabr, chorshanba kuni O‘zbekiston chegara qo‘shinlari ofitserlari “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy Mudofaa vazirligining rasmiy Twitter sahifasi ma’lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar har qanday qarama-qarshiliklarni muloqot orqali hal qilishga kelishib oldi, chegarachilar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish va aloqa mexanizmlari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ikki davlat vakillari chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlarining oldini olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasiga DDD polkovnigi Xoliq Nazar, “Tolibon” harakatidan — 209-al-Fath armiya korpusi chegara qo‘shinlari 6-brigadasi qo‘mondoni Mansur Mavlaviy boshchilik qilgan.
Izoh (0)