Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NATO alyansga a’zo mamlakatlarni Rossiya Ukraina bilan chegaralarda yadro sinovlarini o‘tkazib, shu tariqa “ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llashga shayligini namoyish etishi” mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Nashrning mudofaa sohasidagi yuqori mansabli manbasiga ko‘ra, sinovlar Qora dengizda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu Ukrainada taktik yadro qurolini qo‘llashdan ko‘ra ehtimolga yaqinroq bo‘lgan bo‘lardi, deb yozadi gazeta: bunday ssenariy “istisno etilmagan” bo‘lsa-da, u katta xavflarga ega, shu jumladan, Rossiyaning o‘zi uchun ham — xatolikka yo‘l qo‘yilgan taqdirda Rossiya shaharlariga zarar yetishi mumkin, dedi Times suhbatdoshi.

Rossiya tomoni Ukrainada yadro qurolini qo‘llash ehtimolini ko‘p marta rad etib kelgan. Keyinroq, dentabrda, qisman safarbarlik haqida e’lon qilayotib, Putin G‘arb mamlakatlari “Kiyevni harbiy harakatlarni Rossiya hududiga ko‘chirib o‘tkazishga turtki berayotgani”ni va o‘yinga “yadroviy shantaj”ni qo‘shayotgani aytgandi. U xavf yuzaga kelgan taqdirda Moskva o‘zida bor vositalarni qo‘llashiga va’da berdi. Keyinroq Putin AQSH Yaponiyada yadro qurolini ishlatib, “pretsedent yaratgani”ni aytdi.

Oktabr boshida esa Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainadagi harbiy operatsiya doirasida “kam quvvatli yadro quroligacha bo‘lgan” yanada keskinroq choralarni qo‘llash kerakligi haqida yozdi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg yadro quroli qo‘llanilishi Rossiya uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishini ta’kidladi. Pentagon Moskva tomonidan yadro quroli bilan tahdid qilinishini qoralamoqda, ammo u bunday qurolni Ukrainada ishlatishi mumkinligidan darak beruvchi belgilarni hozircha ko‘rmayotganini aytmoqda.

Avvalroq NATO ravzedkasi alyans qo‘mondonligini Rossiya tomonidan masofadan turib boshqariladigan “Poseydon” suvosti qurilmasi sinovdan o‘tkazilayotgani ehtimoli haqida ogohlantirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov