Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Yunusobod tumanidagi sobiq Astronomiya parki o‘rnida zamonaviy gul bog‘i tashkil etiladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan tegishli qaror loyihasida ko‘zda tutilgan.

Unda aytilishicha, bu Toshkent shahri aholisi va tashrif buyuruvchi mehmonlarga manzarali bog‘lardan bahramand bo‘lishlari uchun shart-sharoit yaratish hamda ularga sifatli xizmat ko‘rsatish, shuningdek, hukumatning 2021-yil 31-avgustdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu qarorda Toshkent shahrining har bir tumanida attraksionlardan holi bo‘lgan kichik istirohat bog‘larini barpo etish belgilangan.

Hujjat loyihasida keltirilishicha, 6 gektar yer maydonida joylashgan sobiq Astronomiya parki o‘rnida tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda zamonaviy gul bog‘ini tashkil etish bo‘yicha loyiha taklifi ishlab chiqilib, ma’qullangan.

Gul bog‘i hududi ochiq tanlov g‘olibiga gul bog‘ini barpo etish va saqlash majburiyatlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish shartlarida 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

Toshkent shahar hokimligi gul bog‘i hududini hatlovdan o‘tkazib, xususiy mulklar mavjud bo‘lgan taqdirda mavjud turar va noturar joy obyektlarini mulkdorlar bilan ochiq muhokamani tashkil etib, yer maydonlarini o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini qoplab bergan holda belgilangan tartibda hokimlik zaxirasiga olib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Qurilish vazirligi bilan Yunusobod tumani, Astronomiya ko‘chasida zamonaviy gul bog‘i tashkil etilishi rejalashtirilgan hudud chegarasini aniqlab, tasdiqlaydi.

Kadastr agentligi bilan buyurtmaga asosan yer uchastkasini ajratish materiallari tayyorlab, zamonaviy gul bog‘ini barpo etish uchun ajratadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi