Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Buning uchun 34 ta zamonaviy elektropoyezdlar xarid qilinadi.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

Qayd etilishicha, shu maqsadda zamonaviy elektropoyezdlar sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilindi. Mazkur tender elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni yetkazib berish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni ham nazarda tutadi.

Hozirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Stadler, Skoda, Talgo, Hyundai, CAF, Siemens, Alstom, Hitachi, Pesa, CRRC-Dalian kabi dunyoning eng ilg‘or kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bu O‘zbekistonda turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, temiryo‘l transportida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablari darajasida yangi bosqichga olib chiqish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy elektropoyezdlar xarid qilinishi natijasida quyidagi 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan: Toshkent–Jizzax–Toshkent, Toshkent–Keles–Toshkent, Navoiy–Buxoro–Navoiy, Samarqand–Jizzax–Samarqand, Samarqand–Shahrisabz–Samarqand, Samarqand–Qarshi–Samarqand, Andijon–Xonobod– Andijon, Nukus–Xiva–Nukus.

Yangi yo‘nalishlarda temiryo‘l qatnovining yo‘lga qo‘yilishi natijasida bir yilda 5 million 925 ming 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Shuningdek, Toshkent–Xojikent–Toshkent, Toshkent–Angren–Toshkent, Namangan–Andijon–Namangan, Qo‘qon–Andijon–Qo‘qon, Toshkent–Guliston–Toshkent, Toshkent–Bekobod–Toshkent, Termiz–Sariosiyo–Termiz, Qarshi–Buxoro–Qarshi, Buxoro–Xiva–Buxoro, Samarqand–Buxoro–Samarqand kabi 10 ta mavjud yo‘nalishlarda esa qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi yo‘nalishlarda poyezdlar harakatining yo‘lga qo‘yilishi va mavjud yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarning tashkil etilishi orqali bir yilda jami 22 mln 473 ming 500 nafar yo‘lovchiga sifatli xizmat ko‘rsatishga erishiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi