Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi kombinatda portlash yuz bergani aytilgan xabar va holat aks etgan videolar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan dastlabki ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Unga ko‘ra, 4-oktabr kuni soat 08:40 larda Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam-Chirchiq” AJ korxonasining Sintez sexida chaqnash sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB rahbari boshchiligida xodimlar va maxsus texnikalar jalb etilgan.

Toshkent viloyati hokimligi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, “Maxam-Chirchiq” AJ qarashli 5-zavodda yong‘in sodir bo‘lgan, uning oqibatida ishlab chiqarish obyektida portlash vujudga kelgan.

Toshkent viloyati fuqaro muhofazasi boshlig‘i — viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli mutasaddilarga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi. Holat FVV va huquq-tartibot idoralari tomonidan darhol nazoratga olingan. Hozirda zavodda yong‘inni qurshab olish va o‘chirish chorasi ko‘rilmoqda.

“Maxam-Chirchiq” mineral o‘g‘itlar, kimyoviy mahsulotlar, qatronlar, katalizatorlar va xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi