Buxoro viloyatining Buxoro tumanida fuqarolarga soxta pasport tayyorlab berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda X.U. ikki kishining ishonchiga kirib, ularga chet elga chiqish uchun taqiq qo‘yilgan bo‘lsa-da, tanishlari yordamida 3 600 dollar evaziga qo‘shni Qirg‘iziston fuqarosi sifatida soxta pasport tayyorlab, O‘zbekiston chegara postidan o‘tkazib qo‘yishga kelishgan.
U oldindan 2 000 dollarni olgan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)