• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi umumta’lim maktablar reytingi e’lon qilindi

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 3-oktabr kuni umumta’lim maktablari reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

    Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Unda Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev va xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda viloyatlar, tuman (shaharlar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

    Prezidentning har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi tuzish, hokimlar hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini maktablar reytingi orqali baholash bo‘yicha topshirig‘iga asosan o‘tgan yildan boshlab Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan barcha maktablar reytingi aniqlanib, e’lon qilib kelinmoqda.

    Tadbirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari maktablar reytingini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

    Ta’lim inspeksiyasi tomonidan o‘tgan bir yil davomida maktablar reytingini aniqlash bo‘yicha ikkita tadqiqot amalga oshirilgan. Xususan, barcha maktablar reytingini aniqlash uchun respublikaning 14 ta hududidagi 207 ta tuman (shahar)larda joylashgan 9954 (o‘tgan yilda 9622 ta) maktab faoliyati tahlil qilindi.

    Tahlil natijalari asosida 2021-yil yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi hamda tuman va shaharlarning ta’lim sifati bo‘yicha reytingi tayyorlandi.

    Bunda xalqaro tajriba (Finlyandiya, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya) hamda mahalliy ustuvor masalalarga alohida e’tibor berilib, 4 ta yo‘nalishda 8 ta indikator belgilandi.
    • o‘quvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasi (bilim darajasi, oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi, xorijiy tilni bilish darajasi va bandlik);
    • pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati (oliy va birinchi toifaga ega pedagoglar ulushi);
    • maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit (5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar va o‘quvchilar orasida jinoyatchilik);
    • mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uchun qo‘shgan hissasi (mahalliy byudjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan maktab rivoji uchun sarflangan mablag‘lar).

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Hududlar reytingida:

    Eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari egallagan bo‘lsa, eng oxirgi o‘rinlarni Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari band etdi.

    Tuman va shaharlar reytingida:

    Yuqori o‘ntalikdan Navoiy, Buxoro shaharlari, Jondor tumani, Kogon shahri, Zarafshon, Xiva shaharlari, Kogon, Uchquduq tumanlari, Urganch, G‘ozg‘on shaharlari joy oldi. So‘nggi o‘rinlarda esa Bo‘ka, Taxiatosh, Toshkent, Tuproqqal’a, Zafarobod tumanlari, Nurafshon shahri, hamda Uchtepa, Qibray, Qamashi, Yuqori Chirchiq tumanlari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Ixtisoslashtirilgan maktablar bo‘yicha yuqori o‘ntalikdan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-IDUM, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-IMI, Buxoro viloyati Jondor tumani 49-IDUM, Xorazm viloyati Shovot tumani XFMMI, Buxoro viloyati Kogon tumani 1-IDUM, Xorazm viloyati Xiva shahri 56-IMI, Jizzax viloyati Jizzax shahri Umid IDUM, Namangan Mingbuloq tumani 13-IDUM, Namangan viloyati Chortoq tumani 20-IDUM, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 12-AFCHO‘IMIlar o‘rin olishdi.

    So‘nggi o‘rinlarda esa Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 16-IDUM, Namangan viloyati Namangan shahridagi 40-IDUM, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 69-IDUM, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 180-IDUM, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 12-IDUM, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi 39-IDUM, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 56-IDUM, Xorazm viloyati Xiva shahridagi 97-MMI, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 47-IDUM, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 27-IDUM maktablar ekanligi aniqlandi.

    Umumiy o‘rta maktablar reytingida yuqori Top-10 likdan Navoiy viloyati Navoiy shahri 13-maktab, Buxoro viloyati Buxoro shahri 38-maktab, Buxoro viloyati Buxoro tumani 49-maktab, Buxoro viloyati Jondor tumani 3-maktab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani 21-maktab, Navoiy viloyati Navoiy shahri 9-maktab, Buxoro viloyati Buxoro shahri 28-maktab, Buxoro viloyati Buxoro tumani 14-maktab, Buxoro viloyati Jondor tumani 41-, 38-maktablar o‘rin oldi.

    So‘nggi o‘rinlarda esa Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 34-maktab, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 209-maktab, Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 295-, 62-maktablar, Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi 16-maktab, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 54-maktab, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 99-98- va 100-maktablar hamda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 178-maktab ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Maktab bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi bo‘yicha:

    Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bo‘yicha tuman va shaharlar miqyosida eng yuqori TOP-5 ta o‘rinlarni Navoiy shahri (88,5), Buvayda tumani (88,1), Qiziltepa tumani (86,7 ball), Shofirkon tumani (86,6), Qorako‘l tumani (85,8) egalladi.

    Ushbu indikator bo‘yicha eng past ko‘rsatkichli TOP-5 talikda Bektemir tumani (34,4), Tomdi tumani (41,3), Yangi Namangan tumani (52,7), Shumanay tumani (55,6) va Konimex tumani (58,3) qayd etildi.

    Bitiruvchilarning OTMga kirish salmog‘i bo‘yicha Navoiy shahri (47,4), Zarafshon shahri (43,5),Qorovulbozor tumani (41,4), Uchquduq tumani (40,1) va Qiziltepa tumani (38,5) o‘quvchilari eng yaxshi natija qayd etgan bo‘lsa, Toshkent tumani (2,2), Yangi Namangan tumani (3,7), Namangan shahri (5,8), Urgut tumani (7,8) va So‘x tumani (8,3) eng past natija ko‘rsatishgan. (Reyting natijalari ta’lim tashkilotlari va hududlarning 2021-yildagi faoliyatiga baho beradi, unda ma’lumotlar 2022-yil 1-yanvar holatiga qayd etilgan.)

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    O‘qituvchilarning sifat tarkibi (oliy va birinchi toifalilar) bo‘yicha tahlil qilinganda Xorazm (33 foiz), Namangan (29,84 foiz) va Buxoro (29,8 foiz) yetakchilik qilgan bo‘lsa, bu borada eng past ko‘rsatkich Surxondaryo (15 foiz), Qashqadaryo (15,1 foiz) va Samarqand (15,3 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

    Mahalliy budjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan maktab ta’limini rivojlantirish uchun qilingan xarajatlar bo‘yicha:

    2021-yilda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan 100 foiz maktablar bo‘yicha bir nafar o‘quvchiga o‘rtacha 31 ming 390 so‘m xarajat ajratilgan. Bu borada hududlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi (161 350 so‘m), Navoiy viloyati (118 650 so‘m), va Buxoro viloyati (69 920 so‘m) eng faol ekanligi ma’lum bo‘ldi. Quyi o‘rinlarda esa Farg‘ona (5600 so‘m), Qashqadaryo (11 460 so‘m) va Samarqand (11 510 so‘m) viloyatlari qayd etildi.

    Tuman(shahar)lar bo‘yicha Qonliko‘l (628 227 so‘m), Qorao‘zak (447 412 so‘m), Taxtako‘pir (424 773 so‘m), Kegeyli (380 162 so‘m) va Nurota (373 296 so‘m) tumanlari eng ko‘p mablag‘ ajratgan. 16 ta tuman (shahar)larda hokimliklar tomonidan maktab ta’limini rivojlantirish uchun mahalliy byudjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratilmagan.

    Bular: Arnasoy, Zarbdor, Mirzacho‘l, Yangiobod, Nishon, Norin, Qorovulbozor, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod, Oltinsoy, Uzun, Jalaquduq tumanlari hamda Qarshi, Angren, Chirchiq, Kattaqo‘rg‘on shaharlari.

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    O‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona (491 ta), Toshkent shahri (165 ta) va Toshkent (142 ta) viloyatlarida qayd etilgan. O‘quvchilar tomonidan eng kam jinoyat sodir etgan hududlar esa quyidagilar: Jizzax viloyatida 23 ta, Sirdaryoda 25, Qoraqalpog‘iston (27).

    Tuman (shahar)lar orasida eng ko‘p jinoyatlar soni: Qo‘qon shahrida 92 ta, Farg‘ona shahrida 74 ta va O‘zbekiston tumanida 39 tani tashkil etgan. 30 ta tuman (shahar)larda esa o‘quvchilar tomonidan jinoyat sodir etilmagan.

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Chet tillarini bilish bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar salmog‘i ko‘ra eng yuqori top-10 talikdan Mirobod tumani, Navoiy shahri, Yunusobod tumani, Zarafshon shahri, Urganch shahri, Qorovulbozor tumani, Buxoro shahri, Jondor tumani, Kogon shahri va Vobkent tumanlari joy olgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Arnasoy, Sayxunobod, Kasbi, Kegeyli, Qorao‘zak, Bandixon, Tayloq, Toshkent, Uchko‘prik va Sherobod tumanlarida boshqa hududlarga nisbatan pastroq natija kuzatilgan.

    Shuningdek, maktab o‘qituvchilari orasida chet tillaridan sertifikatlarga ega bo‘lganlar ulushi bo‘yicha Yunusobod tumani, G‘ozg‘on, Buxoro, Kogon, Ohangaron, Chirchiq, Termiz, Nurafshon, Angren va Yangiyo‘l shaharlari top-10 talikdan joy olgan bo‘lsa, Zafarobod, Oqoltin, Qo‘ng‘irot, Taxiatosh, Bulung‘ur, Tayloq, Qo‘shrabot, Oltinsoy tumanlari hamda Xonobod va Yangiyer shaharlarida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha nisbatan pastroq natija qayd etilgan.

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Infografika: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Barcha maktablar reytingidan tashqari, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan Respublikadagi jami maktablarning 10 foizini xalqaro tadqiqotlar talablari asosida o‘quvchilarning o‘qish va matematik savodxonlik darajasi aniqlandi.

    Buning uchun jami 14 ta hududdagi 207 ta tuman va shaharlarda joylashgan 985 ta (10 foiz) maktab hududlar kesimida (xalqaro tajribadan kelib chiqib, shahar tuman va olis hududlarga ajratgan holda) tasodifiy tanlab olinib, xalqaro PISA va TALIS tadqiqotlarining metodologiyasi asosida sinovlar o‘tkazildi. 985 ta maktabdan 88 tasi shaharda, 827 tasi tumanlarda va 70 ta olis hududlarda joylashgan.

    Ushbu tadqiqotda asosan maktablardagi ta’lim sifatiga qaratilgan bo‘lib, aksariyat ma’lumotlar joyiga chiqib o‘rganish orqali shakllantirildi. Tasdiqlangan nizomga ko‘ra 10 foiz maktablar kompyuter dasturi orqali inson aralashuvisiz ixtiyoriy tanlab olindi. Ushbu tadqiqotlarda 22 691 nafar o‘quvchi ona tilidan, 22 694 o‘quvchi matematikadan, 22 694 nafar o‘quvchi fizikadan nazorat ishlarida, 20 763 o‘quvchi va30 072 o‘qituvchilar ijtimoiy so‘rovnomalarda ishtirok etdi.

    Olingan natijalar va maktablar faoliyati yangilangan mezonlar asosida 7 ta indikator bo‘yicha baholanib tahlil qilindi.

    O‘qish savodxonligi (berilgan matn asosida mantiqiy savollarga javob berish) bo‘yicha nazorat ishlarida 22 691 nafar o‘quvchi ishtirok etib, shundan 9752 nafari (43 foiz) ijobiy natija qayd etdi.

    Navoiy viloyati (58,9 foiz) 1-o‘rin, Buxoro viloyati (54,3 foiz) 2-o‘rin va Qoraqalpog‘iston (52,6 foiz) 3-o‘rin;

    Andijon (30 foiz), Namangan (34 foiz) va Qashqadaryo (38,1 foiz) viloyatlari oxirgi o‘rinlarni egallashdi.

    Ona tili bo‘yicha sinovda ishtirok etgan o‘quvchilarning bilimi mavzular kesimida tahlil qilinganda leksikologiya bo‘yicha 80,04 foiz, kreativ (mantiqiy) fikrlash bo‘yicha 69,69 foiz, grammatika bo‘yicha 49,24 foiz, ijodiy fikrlash bo‘yicha 48,64 foiz, savodxonlik bo‘yicha 45,69 foizni tashkil etadi.

    Matematik savodxonlik bo‘yicha 22 694 nafar o‘quvchi ishtirok etib, shundan 8409 nafari (37 foiz) ijobiy natija qayd etdi. O‘tgan yilga nisbatan matematik savodxonlik darajasi 18,2 foizga oshgan.

    Xorazm viloyati (60,7 foiz) 1-o‘rin, Navoiy viloyati (54,8 foiz) 2-o‘rin va Buxoro viloyati (52,7 foiz) 3-o‘rin;

    Farg‘ona (21,7 foiz), Toshkent (23 foiz) va Namangan (23,8 foiz) viloyatlari oxirgi o‘rinlarni egallashdi.

    Matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat ishlarining 3 yillik natijalari tahliliga ko‘ra o‘quvchilarning ijobiy natijalari 12 foizdan 37 foizga (2020-yilda 12 foiz, 2021-yilda 19 foiz, 2022-yilda 37 foiz) oshgan.

    Matematika bo‘yicha nazorat ishlari natijalarini mavzular kesimida tahlil qilinganda o‘quvchilar tenglamalarda 51,18 foiz, hayotiy masalalarda 36,31 foiz, geometrik shakllar esa 34,05 foizlik natija qayd etishgan. Maktablar reytingi jarayoniga ilk marotaba tabiiy fan (Fizika) ham qo‘shildi. Fizika bo‘yicha 22 694 nafar o‘quvchi ishtirok etib, shundan 5851 nafari (26 foiz) ijobiy natija qayd etishdi.

    Xorazm viloyati (45 foiz) 1-o‘rin, Navoiy viloyati (40,8 foiz) 2-o‘rin va Buxoro viloyati (40,1 foiz) 3-o‘rin;

    Namangan (11 foiz), Farg‘ona (11,5 foiz) va Toshkent (12,4 foiz) viloyatlari oxirgi o‘rinlarni egalladi.

    Fizikadan nazorat bo‘yicha nazorat ishlari natijalarini mavzular kesimida tahlil qilinganda o‘quvchilar kinematikadan 44,73 foizni, harakatga oid mavzular 23,52 foizni, elektrodinamika esa 25,20 foizlik natija qayd etgan.

    Maktab o‘qituvchilari jamoasi bilan TALIS-xalqaro tadqiqotlari savollari asosida o‘tkazilgan so‘rovnomalar o‘qituvchining professional faoliyatini tekshirishga imkoniyat berdi.

    So‘rovnoma davomida o‘qituvchilar o‘z kasbiy tayyorgarligi, pedagogik faoliyati, shaxsiy fikr-mulohazalari, maktab sharoiti haqida ma’lumotlarni bayon qilgan. Shuningdek, maktab o‘quvchilari bilan ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi, bunda jami 20 763 nafar yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Maktablar reytingiga oid barcha ma’lumotlar ta’lim sohasidagi vakolatli organlar va tashkilotlarga taqdim etiladi.

    Reyting natijalari asosida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

    • Reytingda past natija ko‘rsatgan maktablar va hududlar uchun maxsus uslubiy yordam ko‘rsatish, ularda ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqish va har chorakda monitoringi olib borish;
    • Reytingda yuqori natija ko‘rsatgan maktablar tajribasini ommalashtirish;
    • Reyting natijalaridan kelib chiqib, direktorlar va ularning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, hokimlar va ularning ta’lim bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga baho berish;
    • Rahbar xodimlar, pedagog va o‘qituvchilarning faoliyati samaradorligini hisobga olib, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirish.

    04.10.2022, 01:35   Izoh (0)   48724
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda davlat chegarasini kesib o‘tishda transport va tovarlar ustidan nazorat kuchaytiriladi

    04.10.2022, 01:13

    Buxoroda fuqaro chet elga chiqishga taqiq qo‘yilgan ikki kishiga soxta pasport tayyorlab bermoqchi bo‘ldi

    04.10.2022, 00:55

    Farg‘onada eng faol 200 nafar o‘qituvchiga viloyat hokimining maxsus ustamasi beriladi

    04.10.2022, 00:34

    Buxoroda qo‘shmachilik qilib kelgan ayolga salkam uch yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

    04.10.2022, 00:00

    O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan qancha xotin-qizga himoya orderi berilgani ma’lum bo‘ldi

    03.10.2022, 23:45

    Farg‘onada tibbiyot institutining 30 mlrd so‘m evaziga bunyod etilgan yangi binosi foydalanishga topshirildi (foto)

    03.10.2022, 23:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ma’nosi oltinga teng bo‘lgan, ammo ko‘pchilik ko‘rmagan qadrdon multfilmlar

    Kino | 21 iyun, 14:20

    O‘zbekistonda Germaniya universiteti tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 14:00

    Yohansson tanqiddan qo‘rqadi, Bullok esa xakerlardan: nima uchun ba’zi mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan voz kechgan?

    Shou-biznes | 21 iyun, 13:45

    Yangi iPhone 18 Pro va Pro Max’ning old kamerasi ko‘rinmas bo‘ladi

    Texnologiyalar | 21 iyun, 13:25

    Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan bolani qo‘shni yigit qutqardi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 13:00

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari Maryam Uzerli va Kaan Urganjiog‘lu yangi serialda birgalikda suratga tushmoqda

    Kino | 21 iyun, 12:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.