Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya, Daniya, Norvegiya va Fransiya Kiyevga artilleriya qurollari bilan harbiy yordam yuboradi. Bu haqda Le Figaro fransuz nashriga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

“Sezar” o‘ziyurar artilleriya qurilmasi

“Sezar” o‘ziyurar artilleriya qurilmasi
Foto: France 2

Xususan, Ukraina qurolli kuchlari tez orada 6 tadan 12 tagacha yangi fransuz “Sezar” o‘ziyurar artilleriya moslamalari bilan ta’minlanadi.

Nashrning yozishicha, qurollar Fransiya armiyasi arsenalidan olinmagan, ular avvalroq Daniya qurolli kuchlari uchun buyurtma qilingan. Endilikda ushbu qurollarni Ukrainaga yetkazib berishga qaror qilingan. Le Figaro Fransiya allaqachon Ukrainaga 20 ga yaqin “Sezar” yuborganini eslatdi.

Nashr shuningdek, Germaniya, Daniya va Norvegiya 2023-yilda Ukrainaga 16 ta o‘ziyurar artilleriya moslamalarini yetkazib bermoqchiligini yozdi.

2-oktabr kuni Tagesschau telekanali Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrextga tayanib, Germaniya, Daniya va Norvegiya Ukraina uchun Slovakiyada 16 ta Zuzana 2 o‘ziyurar qurolini ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratishini ma’lum qilgandi. Nemis nashrlarining yozishicha, bu shartnoma summasi 93 million yevroni tashkil qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...