Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ba’zida film haqiqatan ham qiyin damlarda yordam berishi yoki fikringizni o‘zgartirishi mumkin. Gollivudning ayrim filmlari aslida dunyoni ezgulik boshqarayotganini va unga hissa qo‘shish sizning ham qo‘lingizda ekanini eslatib turadi.

“Boshqaga to‘la” — 2000-yil

Bu kabi filmlar har bir kishi qo‘llab-quvvatlashga muhtojligini unutmaslik uchun kerak. Filmni ko‘rgandan so‘ng, hech bo‘lmaganda bir kishi boshqa insonga yaxshilik qilsa, bu kartinaning muvaffaqiyatli chiqqanidan dalolat beradi. Hech bo‘lmaganda, sizda shunday istak, albatta, bo‘ladi: bosh qahramon (yettinchi sinf o‘quvchisi Trevor) hatto eng qahri qattiq insonga ham ta’sir qiladi. Ajoyib g‘oya, bo‘lishi kerak bo‘lgan chiroyli yakun, aktyorlarning mahoratli ijrosi.

Foto: “Elle.ru”

Foto: “Elle.ru”

“Yetti hayot” — 2008-yil

“Yetti hayot” — afroamerikalik aktyor Uill Smit va italiyalik rejissor Gabriele Mukchino (“Baxtga intilish”) o‘rtasidagi ikkinchi hamkorlikdagi chuqur hissiyotlarga boy drama hisoblanadi. Ben ismli qahramon avtohalokatda u tufayli yetti kishi halok bo‘lganidan keyin o‘zining xalq oldidagi burchini his qiladi. O‘zining barcha hayotiy tamoyillarini ko‘rib chiqib, haqiqatan ham yordamga muhtoj bo‘lganlar uchun o‘zini qurbon qilishga qaror qiladi.

Foto: “Elle.ru”

Foto: “Elle.ru”

“1+1” (“Daxlsiz”) — 2011-yil

Kino tarixidagi eng yaxshi filmlardan biri bo‘lib, u ikki butunlay boshqa insonlar: tanasi butunlay falaj bo‘lgan boy inson Filipp va hayoti juda qiyin kechgan oddiy yigit Dris haqida hikoya qiladi. Shunday qilib, butunlay boshqa odamlar o‘rtasida mustahkam do‘stlik paydo bo‘ladi, bu ikkalasining ham hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiradi.

Foto: “Elle.ru”

Foto: “Elle.ru”

“Najot uchun yolg‘on” — 2014-yil

To‘rt bola — Mamera, Jeremeya, Pol va Abital, Sudandagi fuqarolar urushi dahshatlaridan mo‘jizaviy tarzda omon qolishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan o‘n uch yil o‘tib, taqdir ularga hayotni yangidan boshlash uchun baxtli imkoniyatni beradi. Afrikalik qochqinlarni moslashtirish dasturida ishtirok etib, ular Amerika Qo‘shma Shtatlarga keladi va u yerda amerikaliklarning urf-odatlari va qadriyatlari bilan tanishadi. Biroq urushning ayanchli oqibatlari ularni ta’qib qilishda davom etadi. Ijtimoiy ishchi Kerri ularga bu og‘riqni yengishga yordam beradi. Bu filmda esa Riz Uizerspun eng yaxshi rollaridan birini ijro etgan.

Foto: “Elle.ru”

Foto: “Elle.ru”

“Ko‘rinmas tomon” — 2009-yil

Film yaxshi kartinalardan biri — kinotanqidchilar filmni “Oskar” mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganida shunday deb aytgan, keyin esa Sandra Bullok ushbu filmdagi bosh rol uchun orzu qilgan haykalchasini olgan. Do‘stona va badavlat oila tomonidan qabul qilingan notinch oiladan bo‘lgan o‘smirning hikoyasi. Natijada u hayotda o‘z yo‘lini topadi va futbol yulduziga aylanadi. Filmda har qanday inson hayotida oilasi uni qo‘llab-quvvatlashi qanchalik muhim ekanligi ta’kidlangan.

Foto: “Elle.ru”

Foto: “Elle.ru”

“Men qalbimda raqsga tushaman” — 2004-yil

Film nogironlar uyida yashovchi Maykl ismli yigit haqida. U o‘simlik kabi yashaydi, kundalik rejimga ko‘ra, har bir yangi kun — avvalgisiga o‘xshaydi. Biroq bir kuni u mushak atrofiyasidan aziyat chekadigan yangi bemor Rori bilan uchrashadi. Maykl singari, Rori ham faqat nogironlar aravachasida bo‘ladi. Ammo uning dunyo haqidagi qarashlari va hayotdagi mavqei Mayklga tirik ekanini, imkonsiz narsaning yo‘qligini tushunishga o‘zgartirishga yordam beradi.

Foto: “Elle.ru”

Foto: “Elle.ru”

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi