• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Ergash Karimov bilan muhabbatga to‘la hayot kechirdik”. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Roza Karimova bilan suhbat (video)

    “Daryo” muxbirlari 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ustoz san’atkor, 86 yoshni qarshilayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Roza Karimovani yo‘qladi. Bir vaqtlar o‘zbek san’atidagi eng baxtli juftlik sanalgan Roza Karimova marhum turmush o‘rtog‘i, ular asos solgan miniatyuralar teatri va shaxsiy hayoti haqida so‘zlab berdi.

    — Ergash Karimov bilan avvalgi teatr va rassomchilik institutida birga o‘qiganmiz. 2-3 yil birga o‘qib, bir-birimizni yaxshi bilgach oila qurishga qaror qilganmiz. Shukrki, hayotimiz mehrga to‘la o‘tdi. Shu boisdan xalqqa tanilib, omadimiz kulib boqdi.1965-yil O‘zbekiston televedeniyesidagi “Yoshlar” studiyasida miniatyuralar teatri ochildi. Ergash Karimov studiyaning bosh muharriri Elbek aka bilan do‘stlashib qoldi. Ular bir-biri bilan shunchalik yaqin do‘st bo‘lishdiki, hatto uydagi ishlarni ham bir-biri bilan maslahatlashib qilishardi. Tez orada studiyada yangi qalamkashlar ish boshladi. Ergash akam qiziqchilikka moyilligi yuqori bo‘lgan ijodkorlarni studiyaga ishga jalb qildi. Ergash Raimov, Alp Jamol va Farhod Musajonov kabi ko‘plab qalamkashlar ish boshlashdi.

    Foto: Roza Karimova shaxsiy arxividan

    Foto: Roza Karimova shaxsiy arxividan
    Barcha ijodkorlar yig‘ilib, odamlar chalg‘itmasligi uchun xonalarining eshiklarini qulflab, ssenariylarni yozishardi. Teleminyaturalar mashhur bo‘lib ketganidan keyin viloyatlardan rais va brigadirlar kelib Ergash akani izlashardi. U paytda O‘zbekiston televideniyasida asistent bo‘lib ishlardim. Shunda Ubay Burhon yonimga kelib: “Ergash akani topib keling”, derdi. Turmush o‘rtog‘im shaxmat va bilyard o‘yinlarini yaxshi ko‘rardi. O‘yingohga kelsam yutayotgan bo‘lsa, yaxshi kayfiyatda kutib olardi. Yutqazayotgan bo‘lsa “Nimaga kelding? O‘zi ishdan qochib shu yerga keldim-ku”, deb koyib berardi. “Paxtakor yutganda, yutqazganda” degan miniatyuralar ham o‘sha jarayonda yozilgan.

    Foto: Roza Karimova shaxsiy arxividan

    Foto: Roza Karimova shaxsiy arxividan
    U paytda tomoshabinlar kinoga emas, miniatyuraga ishqiboz bo‘lib qolgan edi. Har ikki-uch kunda televideniyaga qop-qop xatlar kelardi. Xatlar orasida “Ergash aka men ichkilikni tashladim, sizga rahmat” kabi ijobiy gaplarni o‘qib, quvonib ketardik. Ssenariy mualliflari xatlarni birma-bir o‘qib, shunga qarab rejalar qilishardi.

    “Rashk sabab teatr va dublyajdan ketganman”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    — Institutni bitirgach, ishga kirish uchun hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatriga borganman. Ular sinov asosida ishga olishlarini aytishgan. O‘sha paytda “Gamlet” pyesasi asosida spektakl sahnalashtirilgandi. Ball sahnasida bir yigitga qo‘limni tutib, sahnaning u chetidan bu chetiga o‘tishim kerak edi. Uni aktyor Obid Yunusov ko‘rib qolibdi. Bu aktyor Hasan Yo‘ldoshev bilan qadrdon do‘st bo‘lgan. Hasan aka esa turmush o‘rtog‘imning yaqin insoni bo‘lgan. Obid aka turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq qilib: “Ergash qayerda yuribsan? Xotining Hamza teatrida yuribdi-ku”, degan. Hali ishga olinmagan bo‘lsam ham, Ergash aka ishdan qaytib to‘polon qilgandi. U paytlarda Hamza teatrining u qadar obro‘si yo‘qmidi, ayollarni u yerda ishlashga yuborishmasdi. Ergash aka janjal qilganidan keyin teatrga ishga kirish fikridan qaytib, dublyajga borgandim. U yerda bir ayol bilan tanishdim va ikkita filmning dublyajida ishtirok etdim. Aksiga olib Obid Yunusov ham bu yerda lider ekan. Ergash akaga qo‘ng‘iroq qilib aytgandan keyin uyda yana janjal bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Ancha vaqt o‘tib, turmush o‘rtog‘imning hovuri bosilganidan keyin “Nega bunday qildingiz?, Qayerga ishga borishim kerak?”, deganimdan keyin “Dublyajda Nabi Rahimov bor. U xushchaqchaq inson, ko‘hlikkina qizlarni ko‘rsa yoniga kelib gapga soladi”, deb dublyajga borishimni istamaganini izohladi. Shu orada televideniyada ikkita yangi bo‘lim tashkil etildi. Ustozim adabiy bo‘limga taklif etdi. Ergash akaga “Teatr va dublyajda emas, televideniyada sizning yoningizda bo‘laman”, deganimdan keyin ishlashga ruxsat berdi.

    “Ergash Rozaga ko‘p rol berayapti deyishdi”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    — Miniatyuralar teatriga teatr aktrisalari ham taklif etilardi. Ular tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etishardi-yu, ba’zan spektakllari bo‘lib qolgani uchun syomkaga kelisholmasdi. Mana shu sabab meni ham miniatyuralarga jalb qilishdi. Ilk rolimni “Ikki tiyin” nomli miniatyurada ijro etganman. Ishtirokim muharrirlarga ham, tomoshabinlarga ham ma’qul kelgan. Ammo ba’zi bir g‘alamislar “Nega er-xotin suratga tushishi kerak? Ergash Rozaga ko‘p rol berayapti”, deb gap-so‘z qilgan. Shu orada mashhur shoira Zulfiyaxonim o‘zi ishlaydigan “Saodat” jurnaliga taklif etgan. Ergash aka va mendan suhbat olib, biz haqimizda ikki sahifa maqola chop etgan. Ana shunday keyin ortiqcha gap-so‘zlar tingan.

    “Dadasi farzandlarinning san’atkor bo‘lishini istamadi”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    — Ergash aka bilan bir o‘g‘il va bir qiz farzandlarni tarbiyaladik. Qizim shifokor, o‘g‘lim arxitektor bo‘ldi. Dadasi farzandlarining san’atkor bo‘lishini unchalik istamadi. Chunki bolaning o‘zida ilohiy xohish bo‘lishi kerak. Majburlik sabab san’atni egallasa, ijod qilolmaydi. Dadasi rahmatli shifokorlikka qiziqardi, Ozoda qizimiz institutga kirishiga u bilan barobar tayyorgarlik ko‘rgan. Qayerga borsa shifokorlikka oid kitoblarni ko‘tarib kelardi. Shukr, ikki bolamdan to‘rt nabiralik bo‘ldik. Shirindan shakar evaralarim ham bor, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Roza Karimova.

    Videoni quyida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Sherali Jo‘rayevning ko‘p yillik hamkori, 22 yoshida unvon olgan, “Bahor”da charxlangan: taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 56 yoshda (foto)
    • 19 yoshida tanilgan, beayb sud zaliga chaqirilgan, “qirolichalar sahnasi”ga chiqqan ilk Sharq san’atkori: O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva 61 yoshda (foto)
    • Pasportdagi ismi boshqa bo‘lgan, bir umr shlyapa kiygan, Shvetsiyada dafn etilgan. O‘zbek kinosi asoschilaridan biri, rejissor Melis Abzalovni xotirlab

    01.10.2022, 22:42   Izoh (0)   60666
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onadagi tadbirlarda jonli ijroda kuylash boshlandi. O‘qituvchilar bayrami shu tashabbusning birinchisi bo‘ldi

    01.10.2022, 15:08

    Instagram: Zohid Risqiyevning ahvoli qanday? Yangi mashinali bo‘lgan Xoliqjon vayner, Nilufar Usmonova xonadonidagi bayram

    30.09.2022, 22:50

    Qayg’uda ham, quvonchda ham: yaqinlarining eng og‘ir damlarida birga bo‘lgan mashhurlar (foto)

    30.09.2022, 19:06

    Britaniyalik mashhur huquqshunos Amal Kluni ofisga kiyinish uslubida amal qiladigan qoidalar (foto)

    30.09.2022, 17:12

    Xonanda Shakira soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun Ispaniyada sud qilinadi

    30.09.2022, 13:44

    SSV avtohalokatga uchragan sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Zohidning ahvoli haqida ma’lumot berdi

    30.09.2022, 10:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Raqobat qo‘mitasi Yandeks Market reklamasi ishi bo‘yicha Uzum Market foydasiga qaror chiqardi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:45

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    Indoneziya aviakompaniyalariga O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqi berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:24

    Generallar Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashiga va’da berdi — Reuters

    Dunyo | 6 avgust, 10:08

    Nima uchun Buyuk Britaniyada qirollik to‘y tortining bir bo‘lagi saqlab qo‘yiladi?

    Shou-biznes | 6 avgust, 09:58

    “Manchester Siti” himoyachisi Vitor Reys faoliyatini La Ligada davom ettiradi

    Sport | 6 avgust, 09:52

    Ukraina Rossiyaning yangi atom suvosti kemasi haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi

    Dunyo | 6 avgust, 09:48

    Xitoyda chivin orqali yuqadigan kasallik O‘zbekistonda tarqalmaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 09:37

    “Barselona” Erling Holand, Bredli Barkolya va Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

    Sport | 6 avgust, 09:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.