Panamada bir yarim million dollarlik qayiq-uy cho‘kib ketdi, deya xabar qiladi “Lenta dnya”.
Suv ustidagi uy mahalliy kompaniya tomonidan qurilgan edi. Har qanday qulayliklarga ega uch qavatlik uy aqlli texnologiya, yuqori sifatli mebel va hattoki dronlar uchun qo‘nish maydonchasiga ham ega edi.
Uyni suvga tushirish mamlakat uchun ulkan voqea bo‘lib, marosimga Panama prezidenti ham tashrif buyurgan edi. Uy esa iskaladan uzoqlashishga ulgurmay, yonga egilib, cho‘kib keta boshlagan.
Mavzuga doir: “Ien” dovuli oqibatida Floridaning bir qismi suv ostida qoldi. Ko‘chalarda akulalar suzib yuribdi (video)
Izoh (0)