Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi 35 milliondan ortiq aholining 2 milliondan ortig‘i xorijda mehnat qilib, daromad topayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan “Mehnat bozori bo‘yicha Yevrosiyo muloqoti”da ma’lum qilgan.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Ayni paytda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati turlarini 80 taga yetkazdik. Natijada 2022-yilning o‘tgan sakkiz oyida 778 ming nafardan ortiq ishsiz fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olindi. Ko‘rsatkichlar bo‘yicha 1,8 milliondan ortiq fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olindi”, — dedi vazir Nozim Husanov.
Ta’kidlanishicha, 2022-yilda 288,7 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan. Ulardan 26,6 ming nafari (9,2 foizi) nomzodlarning malakasi e’lon qilingan kasblarga mos kelmasligi sababli ish beruvchilar tomonidan rad etilgan.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma darajasi pastligicha qolayotgan qishloq joylarda yashovchi 100 mingdan ortiq fuqaroning bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, kasanachilik uchun ish o‘rinlari yaratish uchun imtiyozlar va subsidiyalar berish tizimi joriy etildi. Ayni paytda 20 mingdan ortiq xotin-qiz kasanachilik asoslariga o‘qitilmoqda, 10 mingdan ortiq xotin-qiz allaqachon uyida mehnat qilmoqda. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, xususan, yoshlar, kam ta’minlangan oila a’zolari va ayollar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda”, — deydi vazir.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, 35 milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng ko‘p aholiga ega davlat hisoblanadi. Aholining yillik o‘sishi ikki foizni tashkil etadi, bu esa o‘z navbatida mamlakat iqtisodiy rivojlanishining dvigateli bo‘lib, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun demografik bosimni ham keltirib chiqaradi.

Har yili mehnat bozoriga 600-700 ming kishi chiqadi. 2022-yil iyul holatiga ko‘ra ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi (joriy yil boshida — 9,6 foiz). Biroq, shunga qaramay, O‘zbekistonda mehnat bozori kuchli bosim ostida. Ayni paytda fuqarolarimizning xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, ayni paytda 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xorijiy mamlakatlarda mehnat qilmoqda. Ularning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash masalalariga ustuvor ahamiyat beramiz”, — deydi Nozim Husanov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Peskov safarbarlikning yangi to‘lqini haqidagi taxminlarni “provokatsiya” deb atadi
Mahalliy
Qibraydagi zapravkada yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Dunyo
Alla Pugachyova, Yelena Zelenskaya va eronlik namoyishchilar BBC’ning eng nufuzli ayollar ro‘yxatiga kirdi