• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    “Pul yetishmasligi eng qiyin sinov edi” — AQSHda yashab Centene korporatsiyasida ishlayotgan o‘zbekistonlik IT-mutaxassisi hikoyasi

    IT Park xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik IT-mutaxassis Boburjon Rahmonov haqida hikoya qiladi. Boburjon 34 yoshda. 2011-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

    Foto: IT Park

    Foto: IT Park

    Hozirda u Floridada yashaydi va Centene korporatsiyasida Senior Business Intelligence Data Engineer lavozimida ishlaydi. Kompaniya shtab kvartirasi Missuri shtatida joylashgan.

    U chet elga qanday borib qolgan?

    Boburjonning xotirlashicha, ko‘chib o‘tish haqidagi fikrlar o‘qishni tugatgandan keyin paydo bo‘la boshlagan.

    2011-yilda Jahon diplomatiyasi va iqtisodiyot universitetini tamomlab, O‘zbekistondagi Koreya kompaniyasida bir yarim yil ishlab, malakamni oshirdim. O‘shanda ham Koreya, Yaponiya va AQSH universitetlariga magistraturaga hujjat topshira boshladim. Meni juda xursand qilgan narsa shuki, birdaniga bir nechta universitetlar meni qabul qilishga tayyor edi.

    Ushbu universitetlardan biri Linkoln universiteti — Oklendda (AQSH, Kaliforniya) joylashgan xususiy universitet edi. Shunday qilib, 2013-yil yanvar oyida Boburjon San Fransiskoga ko‘chib o‘tgan.

    Boburjon nima uchun, xususan, AQSHni tanladingiz, degan savolga: yaxshi sharoit va imkoniyatlar bor, deb javob berdi.

    Asosiy maqsadim ta’lim olish, malakamni oshirish va xalqaro biznes tajribasini o‘rganish edi. Men Amerikada juda katta tajriba to‘plashim mumkinligini va oldimda cheksiz imkoniyatlar ochilishini tushundim. Lekin qiziq tomoni shundaki, men IT sohasida ishlayman deb hech o‘ylamaganman. O‘shanda bu menga bir ushalmas orzu bo‘lib tuyulardi.

    U qanday qiyinchiliklarga duch kelgan?

    Boburjon viza olishda hech qanday muammoga duch kelmagan, umuman ko‘chib o‘tish jarayoni oson kechgan. Shundan keyin qiyinchiliklar paydo bo‘lgan — o‘qish, uy-joy va oziq-ovqat uchun ko‘p pul kerak edi. Shu sababli, Boburjon o‘qish bilan bir qatorda tungi vaqtda pitseriya va fransuz restoranida ishga joylashdi.

    Xorijdagi hayotning o‘ziga xos qiyinchiliklari va mashaqqatlari bor. Atrofda qarindoshlar va do‘stlar bo‘lmasa, siz ko‘nikkan yordam bo‘lmasa qiyin. Pul yetishmasligi eng qiyin sinov edi. Lekin umidsizlikka tushmaslik kerak, — deydi u.

    Boburjonning ta’kidlashicha, u JIDUda olgan bilim va tajribasi tufayli hech qachon ortga chekinmaslik, qattiq mehnat qilish va faqat oldinga intilishni o‘rgangan. Muammolar esa asta-sekin kamaygan va yangi mamlakatdagi hayotga moslashgan.

    Nega aynan AQSH?

    Boburjon hozirda Centene korporatsiyasida faoliyat olib bormoqda. Centene korporatsiyasi tibbiy xizmatlar va sog‘liq sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi AQSHning eng yirik korporatsiyalaridan biridir.

    Boburjonning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar va foydalanuvchilarning ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, biznes uchun ma’lumotlarni tahlil qilish va backenddagi ma’lumotlarni standartlashtirish.

    Foto: IT Park

    Foto: IT Park

    Uning Ogayodagi eng so‘nggi loyihalaridan biri Molina Healthcare bazasini federal Medicaid dasturi bilan integratsiyalash bo‘lgan. Ushbu dastur bilan yuz minglab odamlar qamrab olingan va u hozirda kompaniyaga bulutli hisoblash imkoniyatlarini olib kelish va uni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ustida ishlamoqda.

    Hikoya qahramoni ta’kidlaganidek, Qo‘shma Shtatlarda xususiy sektorda IT-mutaxassislariga talab juda yuqori va bu bozor deyarli davlat tomonidan ma’muriy yoki boshqa aralashuvlarga uchramaydi.

    Men IT sohasining davlat sektoriga bog‘liqligini deyarli his qilmadim. Davlat, har qanday xususiy kompaniya kabi, loyihalarni amalga oshirish uchun IT-mutaxassislarini yollaydi. Hozirda IT-mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan biri shundaki, ularga uydan turib yoki ish joyining bir qismi yoki butun ofisida ishlashga ruxsat berilgan.

    Bundan tashqari, maosh yuqori. Agar mutaxassis IT konferensiyasida qatnashmoqchi bo‘lsa, uning xarajatlarini ko‘plab kompaniyalar to‘laydi. IT-kompaniyalar o‘z mutaxassislariga imkon qadar ko‘proq sarmoya kiritadilar va ularni rag‘batlantiradilar, — deb tushuntiradi mutaxassis.

    O‘zbekistonning IT-sohasini qanday baholaydi?

    Boburjon so‘nggi yillarda O‘zbekiston IT-sanoatida ro‘y bergan o‘zgarishlarni alohida qayd etadi.

    O‘zbekistonda IT sohasi albatta ijobiy o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda va faol rivojlanmoqda. Lekin, afsuski, xususiy sektorda talab hali ham juda past, shuning uchun u yetarlicha rivojlanmayapti, — deydi u.

    Unga ko‘ra, ko‘pgina loyihalar davlat tomonidan moliyalashtirilgani uchun yetarli budjetga ega emas. Ammo shunga qaramay, IT-mutaxassislar juda malakali va kuchli.

    O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun bozor ochilsa, ular o‘zini yaxshi ko‘rsata olishiga, hurmat qozonishiga ishonchi komil. Bu, o‘z navbatida, o‘zbek mutaxassislariga bo‘lgan ishonchning oshishiga, yirik IT markazlarning ochilishiga olib kelishi mumkin.

    Bundan tashqari, mening hududimdan kelib chiqib, O‘zbekistonda bulutli hisoblash — Azure, AWS, GoogleCloud, Snowflake va boshqalar jadallashtirilsa, yaxshi bo‘lardi. Hozir barcha kompaniyalar ushbu texnologiyaga o‘tmoqda va unga talab juda yuqori. Bularning barchasi yaqin kelajakda O‘zbekistonda paydo bo‘lishiga chin dildan umid qilaman, — deydi hikoya qahramoni.

    Yosh IT mutaxassislariga qanday maslahat bergan bo‘lar edi?

    Boburjon yosh dasturchilarga ko‘p o‘qib-o‘rganishni, o‘zlariga va kuchli tomonlariga ishonishni maslahat beradi.

    Bu yo‘nalishga endigina kirganlarga sabr qilishni maslahat bergan bo‘lardim. IT-soha faol rivojlanmoqda, siz doimo o‘z ustingizda ishlashingiz kerak. Kamida 1 yoki 2 tilni o‘rganishni unutmang, bu muvaffaqiyatli karyera qurishda yordam beradi. Albatta, barcha yoshlarga omad tilab, ushbu sohada o‘z o‘rinlari uchun kurashishda davom etishlarini tilayman, — deb so‘zlarini yakunlaydi Boburjon.

    30.09.2022, 23:46   Izoh (0)   37400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pul yig‘ish uchun eng samarali texnikalar ma’lum bo‘ldi

    30.09.2022, 00:58

    Uzbekistan Airports parvozlarni kuzatish uchun Telegram bot ishga tushirdi

    29.09.2022, 13:41

    Yevrokomissiya ta’tilga chiqqan xodimlariga xususiy kompaniyalarda ishlashni taqiqladi

    26.09.2022, 17:35

    Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi

    26.09.2022, 16:40

    Yoqutiston rahbari xatolik bilan safarbar qilinganlarni qaytarishni talab qildi

    24.09.2022, 23:15

    Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?

    24.09.2022, 19:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.