Markaziy bankning FinLit loyihasi firibgarlik turlaridan biri — fishing va undan himoyalanish usullari haqida ma’lumot berdi.
Fishing — bu firibgarlikning bir turi bo‘lib, uning maqsadi foydalanuvchining maxfiy ma’lumotlari — login va parollarni qo‘lga kiritishdir.
Bunga ommaviy elektron pochta shaxsiy xabarlarini yuborish orqali erishiladi.
Fishingga olib kelishi mumkin bo‘lgan 5 ta keng tarqalgan xatolar:
- antiviruslardan foydalanmaslik;
- elektron pochtaga kelgan noma’lum xabarlarni ochish;
- saytning manzil satrini tekshirmaslik;
- xavfsiz bo‘lmagan sahifalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish;
- barcha to‘lovlar uchun bitta bank kartasidan foydalanish.
Bu xatolarga yo‘l qo‘ymaslik orqali firibgarlikdan himoyalanish mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)