Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentga yil yakuniga qadar 190 dona MAN A22 CNG rusumli katta sig‘imli yangi avtobus keltiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi avtobuslar prezidentning 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan olib kelinadi.

Bu rusumdagi avtobuslar 30 ta o‘tirish va 60 turish o‘rniga mo‘ljallangan, konditsionerlar bilan jihozlangan, siqilgan tabiiy gazda ishlaydi. Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritilib, hozir ularning qaysi yo‘nalishlarga chiqishi ko‘rib chiqilmoqda. Ba’zi yo‘nalishlarda ular kam sig‘imli Isuzu’lar o‘rnini egallashi ham mumkin.

Yil yakunigacha yana 25 ta o‘tirish va 31 ta turish o‘rniga ega bo‘lgan 85 dona SAZ LE-60 o‘rta sig‘imli avtobuslar ham olib kelinadi. Ular 2022-yilda xarid qilingan shu rusumdagi 115 dona avtobuslarga qo‘shiladi.

Yutong rusumidagi 20 dona elektrobusdan iborat parkka joriy yilda yangi elektrobuslar qo‘shilmaydi, ular kelgusi yilda olib kelinadi.

Mavzuga doir: Toshkent jamoat transportida harakatlanish oraliq vaqti 2 barobarga qisqaradi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi