Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ba’zi qizlarga nimalar bo‘lyapti?” sarlavhasi ostida video tarqalgangandi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat 21-sentabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumani kasb-hunar maktabida sodir bo‘lgan. 2 nafar o‘quvchi qiz kasb-hunar maktabining faollar zalida tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘zbekchilikka mos bo‘lmagan, o‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqsga tushib, ushbu harakatlarni tasvirga olgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.

Ushbu holatlar mutasaddi rahbarlar hamda voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, ularning ta’lim-tarbiyasiga oid qat’iy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etilgani aniqlanib, belgilangan tartibda jarimaga tortildi.

Izoh

Ахмаджон Жабборов

30 sentabr, 09:29

Қизлар рўмол ўраганда аюҳанос солган ташкилотлар қаерда қолди. Буларни ҳатто сонигача очиқку.

ALI

29 sentabr, 21:27

Европа хижолат иймонсизлар

Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)