• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev kasb bayrami munosabati bilan o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida tabrikning to‘liq matni keltiriladi.

    Muhtaram ustoz va murabbiylar! Qadrli do‘stlar!

    Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda o‘z hayotini dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha O‘zbekiston pedagoglarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Biz ustoz zotini azaldan otaday ulug‘ deb biladigan, hamisha boshiga ko‘tarib e’zozlaydigan ma’rifatparvar xalq farzandlarimiz.

    Har bir inson hayotda qanday yutuqqa erishgan bo‘lsa, ularda qadrdon o‘qituvchi va ustozlarining beqiyos hissasi borligini umrbod minnatdorlik bilan eslaydi. Shaxsan men o‘qituvchi deganda — zamon bilan hamqadam bo‘lgan jonkuyar, ziyoli shaxsni, maktab deganda – bilim va ma’rifat yog‘dusi taralib turadigan, Uchinchi Renessans poydevori qo‘yiladigan tabarruk maskanni ko‘z oldimga keltiraman.

    Biz, ota-onalar o‘zimizning eng katta boyligimizni — aziz farzandlarimiz kelajagini siz, muhtaram ustozlar qo‘liga ishonib topshirganmiz. Shu ma’noda, buyuk shoirimiz Abdulla Oripovning: “Sizdan boshlanadi asli tafakkur”, degan so‘zlarida teran hayotiy hikmat bor.

    Bugungi kunda fidoyi ustoz va murabbiylarning ezgu xizmatlari tufayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetayotgani, fan va texnika, madaniyat va san’at, sport sohalarida qanday katta marralarni qo‘lga kiritayotgani barchamizga cheksiz quvonch baxsh etadi.

    Shu borada birgina misol keltirmoqchiman. O‘tgan o‘quv yilida yoshlarimiz xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida 45 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgani ta’lim sohasidagi islohotlarimiz samarasiga yana bir dalildir.

    Barchamizga ayonki, muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir. Shu bois biz keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.

    Pedagog xodimlarni majburiy mehnat va turli jamoatchilik ishlariga jalb qilish holatlariga chek qo‘yilgani, ta’lim muassasalarida qog‘ozbozlikka barham berilayotgani bugun o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Olis hududlardagi maktablarga dars berish uchun jalb etilgan yuqori toifali o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgani bu boradagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.

    Mamlakatimizda farzandlarimizni go‘daklik davridan to kamolot yoshiga qadar har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotda munosib o‘rnini topishiga xizmat qiladigan uzluksiz va samarali tizim yaratilmoqda.

    Xususan, keyingi 6 yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 5,5 barobar ko‘payib, 28 mingdan oshgani va qamrov darajasi 70 foizga yetgani ayniqsa e’tiborlidir. Shu o‘rinda, 2022-2026-yillarda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dastur qabul qilingani, maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha Milliy kengash va uning hududiy bo‘limlari tashkil etilganini alohida ta’kidlash zarur.

    Ayni vaqtda O‘zbekiston tarixida birinchi marta boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlaydigan nufuzli xalqaro baholash dasturlari yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda davlat budjeti hisobidan barcha zamonaviy sharoitlarga ega 51 ta yangi maktab bunyod etildi. Shuningdek, 1660 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 119 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rni yaratildi.

    Shu bilan birga, 465 ta maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari, 115 ta sport zali va maydonchalari barpo qilinganini qayd etish lozim. Ta’lim maskanlariga 35 mingdan ziyod qo‘shimcha o‘quv jihozlari to‘plami yetkazilib, 1 ming 900 ga yaqin maktabning infratuzilmasi tubdan yangilandi. 2,5 mingdan ziyod sinfxona 31 mingta zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi.

    Yangi o‘quv yilidan boshlab respublikamizdagi 137 ta maktabda inklyuziv sinflar tashkil etilishi natijasida nogironligi bo‘lgan yuzlab bolalarning faol bilim olishiga sharoit yaratildi. O‘qituvchilarning bilimi va kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli keyingi bir yilda malaka toifasiga ega muallimlar soni 300 mingdan oshgani ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

    Ayni paytda maktablar uchun zamonaviy o‘quv dasturlari va darsliklar yaratish bo‘yicha YUNISEF, YUSAID xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya kabi rivojlangan davlatlarning tajribali ekspertlari ishtirokida keng qamrovli izlanishlar davom ettirilmoqda.

    Keyingi yillarda yurtimizdagi yangi oliy o‘quv muassasalari soni qariyb 2,5 barobarga ko‘payib, 186 taga yetkazilgani, qabul kvotalari 3,5 barobar ortgani oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynamoqda. Bu o‘rinda sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida 42 ta nodavlat oliy o‘quv yurti tashkil etilgani, xorijiy oliygohlar filiallari soni esa 31 taga yetganini alohida qayd etishni istar edim.

    Aziz yurtdoshlar!

    Barchangiz yaxshi xabardorsiz, biz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish masalasini Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiradigan eng asosiy vazifalarimizdan biri sifatida belgilab olganmiz.

    Bizning maqsadimiz – Yangi O‘zbekistonning maktab bitiruvchisi zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib shakllanishi zarur.

    Bu ezgu maqsadga erishish uchun maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni albatta mantiqiy yakuniga yetkazamiz. Barcha hududlarimiz, ayniqsa, qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

    O‘qituvchi va domlalar, tarbiyachi va murabbiylar, ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, moddiy ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlarimiz yangi bosqichga ko‘tariladi.

    Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’limni har tomonlama rivojlantiramiz. Hammamiz guvohmiz, bugun ta’lim-tarbiya tizimi butun jamiyatimiz, xalqimizning diqqat-e’tiborida turibdi. Sohadagi har bir o‘zgarish yurtdoshlarimiz o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

    Biz bundan buyon ham xalqimiz bilan maslahatlashgan holda, jamoatchilik fikrini atroflicha tahlil qilib, erishgan yutuqlarimizni mustahkamlash, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish yo‘lidan boramiz. Hech kimga sir emas, bugun dunyo shafqatsiz raqobat maydoniga aylangan. Barcha sohalarda qanday keskin kurash ketayotganini har birimiz ko‘rib turibmiz.

    Hozirgi zamonda hamma jabhalarda ilm, bilim va salohiyat suv bilan havoday zarurligi, har qaysi davlat faqatgina shu asosda taraqqiyotga erishishi, sodda qilib aytganda, inson bilak kuchidan ko‘ra ilm kuchi bilan ko‘proq daromad va obro‘-e’tibor topishi mumkinligini hammamiz yaxshi anglaymiz.

    Biz davrning mana shunday o‘tkir talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda ixtisoslashtirilgan maktablarning mutlaqo yangicha tarmog‘ini tashkil qildik. Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatadigan yuzlab maskanlar, IT parklar bunyod etmoqdamiz.

    Mana, buyuk alloma bobomiz Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash bo‘yicha qaror qabul qildik. Xorazmda shonli ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomida yangi shaharcha qurishga kirishdik. Bularning barchasidan ko‘zlagan maqsadimiz bitta. U ham bo‘lsa, Yangi O‘zbekistonning yangi beruniylari, yangi xorazmiylari, ibn sinolari va farg‘oniylarini kamolga yetkazish, shu orqali jonajon Vatanimizni dunyo miqyosida rivojlangan, tinch, erkin va farovon mamlakatga aylantirishdan iborat.

    Siz, aziz ustoz va murabbiylar bugun mana shunday o‘ta mas’uliyatli jabhada tom ma’noda tarixiy missiyani ado etmoqdasiz. Chunki, Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlarni tarbiyalash – haqiqatan ham g‘oyat ezgu va ulug‘ vazifadir.

    Barchangizga shu sharafli yo‘lda olib borayotgan olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman. Xonadonlaringizga doimo tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka yor bo‘lsin! Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz ustoz va murabbiylar!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    Mavzuga doir: Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)

    29.09.2022, 19:39   Izoh (0)   18454
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mahallalar tashabbusi bilan yashil bog‘lar tashkil etilishi mumkin

    29.09.2022, 19:27

    O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra kvotalari oshiriladi

    29.09.2022, 19:07

    Toshkent viloyatida fuqaro pul evaziga uch nafar xorijlikka O‘zbekistonga kirish vizasini tayyorlab bermoqchi bo‘ldi

    29.09.2022, 19:05

    Na tirigi va na o‘ligi ma’lum: Qashqadaryoda tug‘ilib, davolanish uchun Samarqandga yuborilgan chaqaloq dom-daraksiz yo‘qoldi

    29.09.2022, 18:58

    Toshkent viloyatiga prokuror tayinlandi

    29.09.2022, 18:39

    Qoraqalpog‘istonda “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etiladi

    29.09.2022, 18:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.