Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shu yilning may oyida Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga nafaqat qurol-yarog‘, balki razvedka ma’lumotlaridan iborat maxfiy axborotni taqdim etishni ham ma’qullagan. Bu haqda Zeit jurnali va ARD Kontraste jurnalining qo‘shma surishtiruvida aytiladi.

Foto: DPA

Foto: DPA

Ukrainaga harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan razvedka ma’lumotlarini taqdim etish haqidagi qarorni Shols Germaniya Federal razvedka xizmatining tegishli murojaatidan keyin qabul qilgan. Surishtiruvda aytilishicha, Kiyevga may oyidan buyon sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar, “tutib olingan” radio va telefon xabarlari uzatilib kelinmoqda.

O‘sha oydayoq razvedka “Ukrainaga maqsadli axborot taqdim etilishining yuridik jihatdan maqbulligi” yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishini so‘radi. Yakunda bunday ma’lumotlarning uzatilishi Germaniyaning urushga qo‘shilganini bildirmaydi va xalqaro huquqqa muvofiq keladi, degan xulosaga kelindi.

AQSH ham Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini taqdim etadi

Aprel oyida AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin birinchi marta Pentagon Ukraina qurolli kuchlariga Donbassda jangovar harakatlar olib borish uchun razvedka ma’lumotlarini taqdim etishini tasdiqlagan edi.

Keyinroq Amerika razvedkasi Ukrainani Rossiya armiyasi qo‘mondonlik punktlarining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu razvedka ma’lumotlari Ukrainaga Rossiya armiyasining shtab-kvartirasiga zarba yo‘llashga imkon bergan, bu esa, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 12 nafar rossiyalik generalning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Kreml esa G‘arbning Ukrainaga yuborayotgan razvedka ma’lumotlari Rossiyaning maxsus operatsiyadagi maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilmasligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi